174
Kapalaklarni pebrinaga qarshi mikroskopda tekshirish usullari.
Kapalaklarni terish va juftlashtirish vaqtida nuqsonli kapalaklar bo’lsa
albatta
aniqlanishi kerak. Bunday kapalaklar terib olinib tashlab yuborilishi lozim, qora
dog’li kapalaklar esa albatta mikroskopda tekshirilishi shart va agarda pebrina
borligi aniqlansa, bunday pilla partiyasi yaroksizga chiqariladi. Shu partiyadan
chiqqan kapalaklar solingan xaltachalar urug’lari bilan kuydirilishi shart,
shuningdek kasal chiqqan pillalar solingan idishlar yuvilib dezinfeksiya qilinadi.
Kapalaklarni juftlashishi kamida
ikki soat davom etishi kerak, shundan
so’ng ular ajratiladi, urg’ochilari kog’oz xaltachalarga yoki qutichalarga solinadi
(qabul qilingan izolyasiya sistemasiga qarab), erkak kapalak tekshirilib,
kuchsizlari yaroksizga chiqariladi, qolganlari esa papilonaj karavotlariga
joylashtirilib salqin, qorong’i joyda saqlanadi. Bu
erkak kapalaklardan kelgusi
kuni yoki hatto o’sha kuni, qayta foydalanish mumkin, ammo ular kamida 3-4
soat dam olishi shart. Erkak kapalaklardan takroriy foydalanish erkak guruhidagi
pillalarning bir qismini iqtisod qilish imkoniyatini beradi.
63-rasm.
Erkak
kapalaklardan
urug’lantirishda
takroriy
foydalanish.
Kapalaklarni izolyasiya kilishning bir necha usullari mavjud. Ularga
JI.Paster tomonidan taklif qilingan pebrinaga qarshi kurash usuli asos qilib
olingan bo’lib, har bir kapalakni qandaydir izolyasiya buyumiga (xaltacha,
quticha, doka rumolcha, metall stakancha va boshqalarga) solinadi.
Pebrina kasalligi urg’ochi kapalak orqali naslga beriladi. Kapalakni
tekshirib unda pebrina borligi aniklansa, u qoldirgan hamma urug’lar yo’kotiladi,
chunki ular ham ma’lum darajada kasallangan bo’ladi. Ammo buning uchun har
175
bir kapalakni alohida izolyasiya buyumiga joylashtirish kerak,o’sha yerda u urug’
qoldiradi, shunda biz bu urug’ni shu kapalak tomonidan qoldirilganini bilamiz.
Izolyasiya qilishda har xil buyumlar va har xil zichlik qo’llaniladi.
Bitta
xaltachaga 1, 2 va 3 tadan urg’ochi kapalak solinadi. Katta xaltachaga 5 tadan
urg’ochi kapalak va oxiri karton qutichalarga esa 50 va 100 ta urg’ochi kapalak
solinadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, L.Paster faqat urg’ochi kapalaklarni bittadan
izolyasiya qilishni nazarda tutgan. Kapalaklarni ko’proq zichlashtirilgan holda
izolyasiya qilish papilonajda, shuningdek mikrotaxlil
vaqtida mezhnat sarfini
tejashga yo’naltirilgan, ammo shu bilan birga bunday zichlashtirish kasal
kapalaklarni topishning imkoniyatini pasaytiradi (ayniqsa, kam darajadagi
kasallanishda) va qanchalik zichlashtirish darajasi yukori bo’lsa, kasal urug’larni
o’tkazib yuborish extimoli shunchalik yuqori bo’ladi. Bu hakda «Mikroskopda
tekshirish» bo’limida batafsil bayon etiladi.
Agarda urg’ochi kapalaklar papilonaj xaltachalariga solingan bo’lsa, bunday
xaltachalar kapalaklari bilan metall to’rdan qilingan yoki kanopdan to’qilgan
to’rli silindrlarga solinadi. Kapalaklar bilan ishlash vaqtida bu silindrlar
xaltachalari bilan birga papilonaj binolarini yuqori zonasiga osib qo’yiladi, ammo
papilonaj tugashi bilan ular pastki zonaga, papilopaj karavotlarini yoki papilonaj
kataklari o’rniga osib qo’yilishi kerak. Bunday pastga osib qo’yish albatta zarur,
chunki binoning yuqori zonasida harorat pastki zonasiga nisbatan hammavaqt
yuqori, u 30°S hatto undan yuqoriga ko’tariladi, bu
ayniqsa kunduzgi va tungi
soatlarda haroratning o’rtasida farqi keskin bo’lganda urug’ni fiziologik holatiga
salbiy ta’sir etadi va ko’pincha urug’larni o’zidan o’zi jonlanishiga olib keladi.
Papilopaj binolarining yuqorigi zonasida pastki zonasiga nisbatan odatda havoni
nisbiy namligini kam bo’lishi ham urug’ uchun noqulaydir.
Agarda kapalaklar karton yoki qog’oz qutichalarga izolyasiya qilingan
bo’lsa, ularning 5-10 tasi bir qilib bog’lanadi va maxsus qurilgan so’rilarda
saklanadi, har bir quticha shunday joylashtirilishi kerakki, u qutichadagi
176
urug’larni to’la shamollatib turishni ta’minlasin. Odatda kapalaklarning urug’
qoldirishi 3-4 kun davom etadi, shundan 70-80%
i birinchi sutkada, 15-20% i
ikkinchi sutkada va qolgan urug’lar uchinchi hamda to’rtinchi sutkada qoldiradi.
Shuni esda saqlash kerakki, birinchi sutkada kapalakning qoldirgan urug’i
sifatli xisoblanadi, chunki u avariolnipg pastki qismida va pilladan kapalak
chiqquncha to’la hosil bo’ladi. So’nggi kunlari esa kapalak pilladan chiqqanidan
keyin hosil bo’lgan urug’ni qoldiradi. Odatda bunday urug’lar birinchi kuni
qoldirilgan urug’larga
nisbatan mayda, zaxira oziqa moddasi kam, fiziologik
tomonidan ahamiyati past. Shuning uchun ham oxirgi kuni qoldirilgan. urug’larni
ajratish imkoniyatiga ega bo’lishi va keyin uni yaroqsizga chiqarish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Ammo bunday ish ko’p mehnat talab qiladi va kapalaklarni
xaltachalarga 1-5 donadan izolyasiya qilishda,
amalda uni bajarishning
imkoniyati yo’q. Qutichalardan yoki metall stakanchalardan foydalanishda
tegishli moslamalarning bo’lishi, urug’chilik korxonalari sharoitida ohirgi
qoldirilgan urug’ni yaroqsiz qilish va shu bilan tayyorlanadigan urug’ sifatini
birmuncha yaxshilash imkoniyatini beradi.
So’nggi bir necha yil davomida kapalaklarni yoppasiga mikroskopda
tekshirish vaqtida pebrina bilan kasallanish 0,05
foizdan oshmaydigan yoki
butunlay uchramaydigan urug’chilik korxonalarida kapalaklarni maxsus ichiga
havo o’tishi uchun mayda teshilgan, emulsiyalangan pergament qog’oz bilan
qoplangan qutichalarga guruhlab izolyasiya qilishga ruxsat etiladi. Kapalaklar
shu qog’ozlarga o’zini qoldiradigan urug’larni yopishtiradi.