|
Tut ( morus) avlodi asosiy turlarining ta’rifiBog'liq Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari4. Tut ( morus) avlodi asosiy turlarining ta’rifi. O’zbekistonda ipak
qurtiga oziqa sifatida 4 ta turi: Oq tut- M.alba, sershox tut - M. multicaulis,
Kagayama tuti - va ipak qurti tuti - M. bombycis turlariga mansub navlar
o’stiriladi va 1 tur Shotut -M. nigra turiga mansub qora-tut mevasi uchun
o’stiriladi.
5. Tut daraxtini asosiy turlarining geografik tarqalishi. Tut daraxti
ma’lumotlariga kura butun dunyo bo’yicha keng tarkalgan. Tut daraxti
turlarining tarkalishi bo’yicha urganilganda eng ko’p miqdordagi tut turlari
Xitoyda o’sadi degan xulosaga kelingan.
Yapon olimi Koydzumi tomonidan belgilangan 24 ta turdan 14 tasi Sharkiy,
Janubiy-Sharkiy Osiyoda, ya’ni 58% i Xitoy, Yaponiya va Koreyaga to’g’ri
keladi.
Bu yerda o’sadigan turlar ichidagi xilma - xillikko’prok, navlar yangi -
yangi xilma-xil navlar undan ham ko’prokdir. Demak, ushbu mamlakatlar ko’p
asrlardan buyon ipakchilik bilan shugullanib kelganligidan dalolat beradi. Bu
mamlakatlarda quyidagi turlar tarkalgan: M.alba, M.multicaulis, M. rotundiloba,
M. acidosa, M. notabilis, M. tiliafolia, M. cathayana, M. boninensis, M.
atropurpurea, M. macroura.
Ikkinchi urinda Shimoliy va Janubiy Amerika u yerda 5 ta turi tarqalgan
bo’lib 21 % i tashkil etadi. M. rubra, M. mollis, M. celtidifolia, M.microphuelie
va M. insignis. Bu turlar ipak qurti uchun oziqa sifatida ishlatilmaydi. M. rubra
mevasi uchun ko’paytiriladi.
Uchinchi o’rinda G’arbiy va Janubiy-G’arbiy Osiyo turadi. Bu yerda 4 ta tur
tarqalgan bo’lib 17 % ni tashkil etadi: M. arabica, M. nigra, M. serrata va M.
laevigata.
To’rtinchi o’rinda Afrika bo’lib faqat 1 ta turi uchraydi: M. mesorigia.
O’zbekistonda yuqorida nomlarini aytib o’tdik 5 ta turi o’sadi.
|
| |