• 3. Tut ( Morus ) avlodining sistematikasi.
  •  Tutgullilar oilasi va kiskacha ta’rifi




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    2. Tutgullilar oilasi va kiskacha ta’rifi. Tutsimonlar ( Moraceae ) oilasiga 
    65 avlod 2000 ga yakin turi tropik va subtropik daraxt va butalar, shuningdek 
    o’rta iqlimda tarkalgan chirmashuvchi yoki tik turuvchi utsimon o’simliklar 
    kiradi. 
    Yuqorida aytilgan 65 ta avloddan 4 tasi bizni O’zbekistonda o’sadi. Bular: 
    Morus, Maklyura, qog’oz daraxti va fikus-anjir. 
    Tutgullilar oilasiga kiruvchi bu avlodlarning xarakterli o’xshashlik, yaqinlik 
    belgisi shundaki, ularning hammasida sutsimon suyuklik mavjuddir. Barglari 
    yaxlit yoki kertekli, hamda kertiklik darajasi o’zgaruvchan, uning qirrasi tekis 
    yoki oddiy arrasimon tishli, gullari bir jinsli tupgulli, soxta mevali va tup mevaga 
    yig’ilgan. 


    188 
    3. Tut ( Morus ) avlodining sistematikasi. O’simlik sistematikasida avlod 
    deb o’zaro yaqin bo’lgan, gul, meva va urug’larining tuzilishiga o’xshaydigan, 
    hamda barg, poya, tupgul, sertukliligi, gultoji, urug’ining rangi va boshqa 
    belgilari bilan farqlanadigan turlar guruxiga aytiladi. 
    Bir qancha o’simliklar barcha asosiy belgilari bilan bir - biriga o’xshash 
    bo’lib, lekin ular biri ikkinchisidan faqat xususiy - o’ziga xos (kattaligi, gulining 
    miqdori, barglarining soni va boshqalar) belgilari bilangina farqlansa, buni tur 
    deyiladi
    Tut morus avlodini turlarini ajratishda bir qancha qiyinchiliklarga duch 
    kelingan. Ayrim mualliflar tut avlodiga 120 tur mansub desa, boshqalari uning 
    sonini 2-3 tagacha kamaytirishgan. Mas. K. Linney 1753 yilda Morus avlodiga 5 
    ta tur tegishli deb quyidagilarni ajratdi: 
    1) M. alba L.- Ok tut; 
    3) M. pubra L.- qizgish tut;5) M. indica L.- Xind 
    tuti; 2) M. nigra L.- qora tut; 4) M. tatarica L.- Tatar tuti; 
    Yaponiya botanik olimi G. Koydzumining 1923 yilda tuzgan tut (morus) 
    avlodining sistematikasi, bir qator kamchiliklari bo’lishidan qat’iy nazar xozirgi 
    kunda bundan foydalanilmoqda. 
    Koydzumi o’zidan oldingi tuzilgan tut daraxti sistemasi va Tokiodagi 
    ipakilik tajriba stansiyasining juda ko’p kolleksiyasi (o’simliklar to’plami) 
    materillaridan foydalanib tutlarni 24 ta turga bo’ladi. Koydzumi tutning asosan 
    urg’ochi guli ustunchasini uzun-qisqaligiga qarab yuqoridagi turlarni 2 bo’linma 
    ajratdi: 1-uzun bo’yinli-8 ta; 2- qisqa bo’yinli -16 ta tur. 
    Koydzumi tuzgan tut daraxtining sistematikasi ilgarigilariga nisbatan 
    birmuncha ustunlikka ega bo’lsa ham, lekin umumiy sistematikaga qo’yilgan 
    talabga to’liq javob bera olmaydi, ya’ni keyingi yillarda tutchilik genetikasida 
    xromosomalar bo’yicha fan yangiliklarini hisobga olgan holda Yapon olimi 
    S.Xamada 1971 yili tutning yangi sistematikasini tuzdi. Bu sistemada tut daraxti 
    35 turga bulinib, u yoki bu turning xromosomalar miqdori yigindisi asos qilib 
    olingan. 


    189 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Tutgullilar oilasi va kiskacha ta’rifi

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish