192
tananing o’sishi sustlashadi, meva va barg hosili kamayadi,
shoxlari quriy
boshlaydi. Bu davr 50 dan, 100 yoshgacha davom etadi.
Shox
-
shabbalarning
ko’rinishi sadasimon yoki supir-gisimon,
piramidasimon, dumaloq (sharsimon) shakllarda, bargli
novdalari siyrak yoki
qalin joylashgan, har tomonga tarvaqaylagan bo’lishi mumkin. Bundan tashqari
pastga qarab usuvchi (Majnun tut) va egri-to’g’ri novdali (Ilon tut) tutlar
uchraydi.Bu xildagi tutlarning barg hosili juda oz bo’lib,ipak
qurtiga deyarli
ishlatilmaydi va ular manzarali daraxt sifatida ekiladi.
Tut daraxtining organlariga ildiz,tana,shox-shabbalar, novda, kurtak, barg,
gul, meva va urug’ kiradi. Tut daraxti organlarinig tashqi (morfologik) va ichki
(anatomik) tuzilishini o’rganmay turib, nihol va ko’chatlarni
parvarish qilish va
ulardan mo’l barg hosili yetishtirish mumkin emas.Tut daraxti organlarining
tuzilishi uning bajaradigan vazifalariga bevosita bog’liq.