• Tut daraxtining jinsiy a’zolari.
  • Tut guli va to’pgullari.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

     
    79-rasm. Tut bargaining shakli. 
     
    I.Barg shapologining umumiy ko’rinishi. 1)yuraksimon, 2) tuxumsimon, 
    3) yurak tuxumsimon, 4) tugarik barg  
     
    II. Barg shapolog’ning kertikligi.1) yaxlit barg 2) bir kertikli, 3) ikki 
    kertikli 4) uch kertikli, 5) ko’p kertikli 6) qaychi barg.
     
    Tut daraxtining jinsiy a’zolari. Tut daraxtining jinsiy organlariga gul
    meva va urug’ kiradi. Gullash o’simlik hayotida eng muhim hodisalardan biri 
    bo’lib, daraxtning vegetativ organlarida yetarli miqdorda oziq moddalar - 
    uglevod, oksil, yog va boshqalar to’plangandan keyin ro’y beradi. O’simlik 
    gullaguncha bir qancha rivojlanish bosqichlarini o’taydi. 
    Tut guli va to’pgullari. Umumiy gul kiskargan poyada turuvchi 
    shoxlanmagan va o’zgargan novdadir. Novdaning barglari gulning ayrim 
    qismlariga aylanib kolgan bo’lib, uning har kaysisi jinsiy jarayon uchun bevosita 


    207 
    yoki bilvosita xizmat qiladi. Gul barcha gulli o’simliklarning jinsiy ko’payish 
    organi hisoblanib, meva va urug’ni hosil qiladi. 
    Tut gullarining tevaragi yashil bargchalardan tuzilgan oddiy (bir kavatli) gul 
    kosachasiga uxshaydi, unda gultoj bulmaydi. Kupchilik tut daraxtlari ikki uyli bir 
    jinslidir, ya’ni bir daraxtda faqat urgochi onalik gullari bo’lsa, ikkinchi daraxtda 
    esa yolgiz otalik - erkak gullari bo’ladi. Lekin ayrim tut daraxtlarida ham erkak, 
    ham urgochi gullarni uchratish mumkin. Bu xildagi tutlar bir uyli, ikki jinsli 
    hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda bitta tupgulda ham erkak, ham urgochi gullar 
    bo’lishi mumkin. Bunday tupgullarning yuqoridagi tomonida ko’pincha erkak, 
    ostki tomonida esa urgochi gullar joylashadi. Tut daraxtining bu xildagi jinsiy 
    o’zgaruv-chanligini A. I. Federov tashqi muhitning ta’siridan bo’lishi kerak, deb 
    taxmin qiladi. M. I. Grebinskayaning (1981) ma’lumotiga karaganda Urta 
    Osiyoda o’sadigan maxalliy Xasak tutning 53 % ini erkak gullari, 33 % ini 
    urgochi gullari va 14 % ini ikkala jinsli gullari bo’lgan daraxtlar tashkil etadi. 
    Meva beradigan urug’siz urgochi Balxi tutda urgochi tup gullari bilan bir qatorda 
    qisman erkak tupgullari ham uchraydi. 
    Tut daraxtinig erkak tupgullari barg yozilishidan 8 - 10 kun oldin, urgochi 
    tupgullari esa barg bilan bir vaqtda chiqadi. 
    Erkak gul - to’rtta yashil bargchadan tuzilgan gultevaragidan, to’rtta ikki 
    xonali sarg’ish changdondan va ularni ushlab turadigan changdon ipidan iborat, 
    20 dan 40 tagacha alohida erkak gullari gulbandi yordamida sirgasimon (kuchala) 
    tupgulcha yig’ilgan. 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish