• Topshiriqlar
  • Asosiy tushunchalar
  • Mashg’ulotni mustahkamlash uchun savollar




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

     
    Mashg’ulotni mustahkamlash uchun savollar: 
    1. Tut urug’ining unib chiqishi uchun qancha foydali issiqlik yig’indisi kerak? 
    2. Qalamchaning ildiz olishi uchun qancha foydali issiqlik yig’indisi kerak? 
    3. Yorug’lik yetishmasa bargda qaysi to’qima ko’proq rivojlanadi? 
    4. Tut niholchalariga bir mavsumda necha marta suv beriladi? 
    5. Qalamchani ildiz olishi uchun necha foiz nam bo’lishi kerak? 
    6. O’simlik necha foiz SO
    2
    ni oladi? 
     


    218 
    TUTNI URUG’IDAN KO’PAYTIRISh. 
     
    Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga tut urug’ini morfologik tuzilishini 
    va undan ko’paytirishning afzalliklari va kamchiliklarini o’rgatish. Tut 
    pitomnigida amalga oshiriladigan tadbirlar bilan tanishish. 
    Topshiriqlar: 
    1. 
    Tut pitomnigini vazifasini o’rganish. 
    2. Tut urug’iga qo’yilgan standart talablarni o’rganish. 
    3. Bir gektarga sarflanadigan urug’ miqdorini aniqlash. 
    Kerakli materiallar va jihozlar: Adabiyotlar, jadvallar, rangli tasvirlar, 
    amaliy mashg’ulot ishlanmalari, tut urug’i, gul, meva, generativ,tutning bir yillik 
    novdalari, payvand pichoqlari, boylag’ichlar. 
    Asosiy tushunchalar: Tutchilikning asosiy vazifalaridan biri ko’chatlarni 
    muttasil ko’paytirib borish asosida ipak qurtining oziq bazasini tobora 
    mustaxkamlashdir. 
    Tut daraxtlari jinsiy ( urug’dan ) va jinssiz (vegetativ payvandlash 
    parxishlash, qalamchasidan ekish) yuli bilan ko’paytiriladi. Tutni urug’dan 
    ko’paytirish eng qadimiy usullardandir. Urug’ sepish texnik jihatidan oson 
    bo’lib, lekin ko’p mehnat va mablag’ sarflanadi. 
    Tutni urug’idan ko’paytirishning o’ziga xos kamchiliklari bo’lib jumladan, 
    tut daraxti asosan ikki uyli bo’lganligi uchun tabiiy holatda ayrim navdor urgochi 
    gulli daraxtlar boshqa bir xasak tut changi bilan changlanganda, bunday urug’dan 
    yetishtirilgan ko’chatlar sifatsiz bo’ladi. Bundan tashqari, urug’dan o’stirilgan 
    tutning voyaga yetishi uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Urug’dan o’stirilgan 
    ko’chatlardan tashkil qilingan buta shaklidagi tutzorlardan 3, 4 va baland tanali 
    tutzorlarning bargidan ipak qurti boqish uchun 7 - 8 yili foydalanish mumkin. 
    Chunki buta tutzorga ekiladigan nihol 1 yil niholzorda va 2 yoki 3 yil yangi 
    ekilgan joyda, baland tanali tutzorda yoki qatorlab ekilgan joyda o’sishi zarur. 


    219 
    Bundan tashqari urug’idan o’stirilgan tut daraxtining mevaga kirishi ham shunga 
    yarasha kechikadi. 
    Tutni vegetativ usulda o’stirishda ona daraxt o’zining irsiy xususiyatini 
    to’liq saqlab qoladi. Payvand va parxish qilingan, hamda qalamchasidan 
    o’stirilgan tutlarning bargi va mevasidan 2 yoki 3 yildan so’ng foydalanish 
    mumkin. Parxish va qalamchalash usullarini qullash tufayli tashqi muhit ta’sirida 
    yaxshi xususiyatli bo’lib qolgan (mutasion o’zgaruvchanlik hodisasi ro’y bergan) 
    ona daraxt novdasidan ko’paytirish yuli bilan uning irsiyatini saqlab qolish 
    mumkin. Biroq, payvandlash usuli bilan yuqoridagi o’zgaruvchan irsiy 
    xususiyatni butunlay o’zgartirmay saqlab qolish mumkin emas. Chunki, 
    payvanddust payvandtagga va aksincha, payvandtag payvanddustga ta’sir qilib, 
    biri ikkinchisini qisman o’zgartirishga sababchi bo’ladi. Bunday o’zgarish ruy 
    berishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. 
    Vegetativ usulni ham o’ziga yarasha ayrim kamchiligi bor. Masalan: ona 
    daraxt 
    kasallangan 
    yoki 
    zararkunandalar 
    ta’sirida zaiflashgan bo’lsa 
    (qalamchadan ko’paytirish bundan mustasno), bunday o’simliklardan vegetativ 
    yul bilan urchitilgan yosh daraxtlar kasallanib, boshqa o’simliklarni 
    zararlantirishi mumkin. Shu sababli vegetativ usulda ko’paytirish uchun sog’lom, 
    baquvvat va yaxshi navli tut daraxtlarini tanlash lozim . 
    Shunday qilib tutning urug’dan va vegetativ usullarda ko’paytirish 
    afzalliklari bilan birga ularning kamchiliklari ham borligini ko’rib o’tdik. Shu 
    munosabat bilan tutni ko’paytirishda kaysi bir usulni qo’llash kerak degan savol 
    tug’iladi . Odatda, tutchilikda har ikki usulni qo’llashga to’g’ri keladi .Ko’plab 
    tut niholi va ko’chatlarini yetishtirishda asosan urug’dan ko’paytirilib, kam hosil 
    tutlarning serhosil navdor tutlarga aylantirishda esa vegetativ usullardan 
    foydalaniladi. 
    Tut daraxtining navli xususiyatini saqlash maqsadida payvandlash, 
    qalamcha va parxish usuli bilan ko’paytirish bir qancha afzalliklarga ega 
    bo’lsada, lekin O’zbekistonda xozirgi vaqtgacha tutni urug’idan ko’paytirish 


    220 
    asosiy usullardan bo’lib kelmoqda. Chunki, pillachilikni tobora rivojlantirish 
    uchun yil sayin bir necha un millionlab tut ko’chatlarini uning urug’i anchagina 
    yetishtirish mumkin. Seleksion navlarni payvandlash orqali ko’paytirishda ham 
    payvandtag ko’chatlar urug’dan yetishtiriladi. Faqat qalamchalash va parxishlash 
    usullardagina urug’idan ko’paytirilgan ko’chatlar talab qilinmaydi. Binobarin, 
    tutni urug’idan ko’paytirish pillachilikning oziq bazasini kengaytirishda katta 
    imkoniyatga egadir,
    Avvallari tut urug’i jaydari Xasak tutdan tayyorlanar edi. Natijada ulardan 
    ko’paytirilgan tutlar mayda bargli, juda kam hosilli bo’lardi. Endilikda maxsus 
    urug’chilik tutzorlar tashkil qilinib, ularga tanlab olingan erkak va urgochi 
    gullariga ega bo’lgan navdor tutlar ekiladi. Bunday tutzorlarda serbarg va oziq 
    sifati yaxshi bo’lgan duragay tut urug’lari tayyorlanadi. 
    1948 yildan boshlab O’zbekistonnning tut ko’chatlari va pillachilik bilan 
    shug’ullanuvchi sovxozlari ana shunday maxsus urug’chilik tutzorlarda 
    tayyorlangan duragay tut urug’ini ekmoqdalar. Urug’chilik tutzorni mo’l va 
    to’yimli barg hosili beradigan, har xil zarakunanda va kasalliklarga, hamda 
    sovuqqa bardosh bera oladigan tut navlaridan tashkil qilish lozim.
    O’rta Osiyoda maxalliy tutning chatishtirishdan olingan Oq tut turiga 
    taaluqli duragay tutlar sovuqqa ancha chidamli bo’lgani holda chet davlatlar 
    (Yaponiya, Xitoy, Koreya) dan keltirilgan navlari yoki serhosil turlarga qarashli 
    navlarni bir-biriga chatishtirib yetishtirilgan duragaylar esa sovuqqa nisbatan 
    chidamsiz. Duragay tutlar mahalliy navlarga va ayniqsa jaydari Xasak tutga 
    nisbatan tez o’sib, mo’l barg beradi, juda kam shoxlaydi va xatto shoxlamasdan 
    surx novda hosil qiladi bargining satxi katta bo’ladi. 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashg’ulotni mustahkamlash uchun savollar

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish