Tut urug’ini tayyorlash va ularni saqlash




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

Tut urug’ini tayyorlash va ularni saqlash. Pillachilikning oziq bazasini 
yil sayin mustaxkamlash uchun shunga munosib ko’chatlar yetkazish extiyojini 
qoplaydigan darajada tut urug’ini tayyorlash talab etiladi. 


221 
Hozirgi kunda har bir viloyatda urug’lik tutzorlar mavjuddir. O’zbekistonda 
ixtisoslashtirilgan 14 ta pillachilik sovxozlari va 4 ta Davlat tutchilik 
ko’chatzorida 70-80 s. atrofida duragay tut urug’i tayyorlanadi. 
Tut daraxtida mevalarning yetilishi uning yoshiga, naviga ekilish qalinligiga 
va tuproq iqlim sharoitiga bog’liqdir. Yuqorida aytib o’tganimizdek O’rta Osiyo 
va jumladan O’zbekistonda mevaning pishishi, ayni vaqtda urug’ning yetilishi, 
may oyinning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Tut mevaning ilk pishishi davri 
iqlim sharoitiga bevosita bog’liqdir. Tut mevasi juda qisqa vaqtda, ya’ni 10-15 
kun ichida pishib bo’ladi. Pishgan mevalar salgina shamol bilan yerga tuqiladi. 
To’kilgan mevalarni yig’ish juda keyin bo’lib, unga ko’p mexnat sarf qilinadi. 
Shuning uchun tut mevasining yig’ish va urug’ini ajratib olish uchun kerakli 
bo’lgan asbob-uskunalari mevasi pishguncha taxt qilib qo’yish juda muhimdir. 
Tut urug’i tayyorlanadigan joyda kattaligi 4-6 m keladigan 15-20 ta chodir, 
10-15ta chelak, 20-25 ta yogoch, mevani tashish uchun 20-30 ta yashik yoki 
savat, zarur miqdorda transport vositalari tayyor bo’lishi kerak. Tayyorlov 
punktida mevani tortib olish uchun bitta tarozi, mevani yoyishga kerakli 
miqdorda siyrak to’qilgan mato: tut mevasini ezib urug’ini kuritish uchun bitta 
VST-1.5 markali mashina yoki uzum ezgich (drobilka) va kichkina press 
mashina: ezilgan tut mevalarni solish uchun 2-3ta katta, 10-15 ta kichik bochka; 
ko’zi 2-3mm li 10-15ta va ko’zi1.0-1.5 mm li 5-6ta sim to’r hamda 5-6ta katta 
chumich; tut urug’ini solish va saqlash uchun har bir tayyorlov punktida, yetarli 
miqdorda qalin matodan tikilgan qoplar bo’lishi kerak. 
Tut urug’i tayyorlashni to’g’ri tashkil qilish uchun ikkita brigada tuziladi. 
Bitta brigada tut mevasini teradi. Ikkinchisi tut mevalarini ezib, undan urug’ini 
ajratib oladi. Tut mevasiniing pishishidan boshlab uni har kuni yig’ish kerak. 
Buning uchun daraxt tagiga chodir yoyiladi, so’ngra uzun xoda bilan tutning 
yug’on shoxlariga asta-sekin urib, silkitiladi. qattiq silkitish mumkin emas, 
chunki xom mevalari ham to’kilish mumkin. 


222 
O’rta Osiyo sharoitida tut mevasini yig’ishga may oyining oxirida kirishilib, 
iyunning o’rtalari tamomlanadi. Uni yig’ish tashish va urug’ini ajratib olish 
vaqtlarida navdor duragay tut urug’lariga jaydari urug’larni aralashtirib yuborish 
yaramaydi. Xar kuni yig’ishtirilgan mevalardan o’sha kunning o’zida urug’i 
ajratib olinishi kerak. Bu ishni ikkinchi kunga qoldirib bo’lmaydi. Agar mevalar 
mo’ljallangandan ortiq miqdorda tayyorlangan bo’lsa, ularni nobud qilmaslik 
uchun salqin joydagi to’shama ustiga 3-5 sm qalinlikda yoyib quyish yoki 
harorati 2 darajadan yuqori bo’lmagan muzlatgichlarda saqlab, ertasiga birinchi 
navbatda shu mevalarning urug’i uchun ajratilishi kerak. Mevalar bir kecha - 
kunduzdan ortiq turib qolmasligi lozim. Yozning issig’ida keyingi mevalar 
bijg’ib undan spirt hosil bo’ladi. Bu esa urug’ning unish qobiliyatini pasaytiradi. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tut urug’ini tayyorlash va ularni saqlash

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish