215
jazirama issiqlarda o’simlikni kizib ketishdan saqlaydi. Nihoyat, o’simlik ildizi
va novdalarinig o’sishi, daraxtning barg hosili va sifati tuproqdagi suv miqdoriga
bog’liqdir.
Tut daraxtinig yoshi va rivojlanish davrlari tuproqda namlikning har xil
miqdorda bo’lishini talab qiladi. Masalan: urug’dan unib chiqish va niholchaning
ko’karib chiqishi davrida tuproqdagi namlikka talabchan bo’ladi. Chunki
endigina o’sa boshlagan niholchaning hali rivojlanib
ulgurmagan ildizi
tuproqning yuza qatlamidagi namlikdangina foydalana oladi. Bu davrda tuproq
namligi yetarli bo’lmasa niholchaning o’sishi sustlashadi va oxiri qurib qoladi.
Yosh niholchalarni dastlabki o’sish davrida tez - tez sug’orib turish kerak.
2. Tut bargining sifati va hosiliga tuproq unumdor-ligining ta’siri. Tut
daraxtinigng ildizi rivojlangan bo’lishiga qaramay, u oziq moddalarga juda
talabchandir. Chunki ko’p yillik o’rmon daraxtlarining oziq moddaga boy
barglari xazonrezgilikdan so’ng yerga to’kilib, tuproqdagi
chirindi miqdo-rini
ko’paytirgani holda, tut daraxtlarining hamma bargli novdalari ko’klamgi va
takroriy qurt boqish uchun bir yoki bir necha marta kesib olinadi. Natijada tut
barglari kuzda yerga juda kam tukiladi, ya’ni tuproqni chirindiga boyita olmaydi.
Yangi bargli novdalar hosil qilish uchun tut tanadagi jamg’a-rilgan oziq
moddalarning bir qismini sarflaydi va o’rnini qoplash uchun tuproqdan ko’p oziq
moddalarni so’radi. Tutzorning tuprog’i kuchsizlanib, unga ko’p o’g’it solish
talab qilinadi.
Demak, tut daraxti ildiz sistemasining rivojlangan bo’lishiga qaramay,
undan mo’l va sifatli
barg hosili olish uchun, tutzorlar serunum, yumshoq
tuproqli yerlarda tashkil qilinishi lozim.
O’rta Osiyoning ko’pchilik yerlari qumli va qumoqli (qoraqum: qizilqum,
qarshi cho’llari ) tuproqdan iborat bo’lib, ular o’zidan suv, issiqlik hamda havoni
yaxshi o’tkazadi, ammo namlik va oziq moddalarni o’zida saqlab qola olmaydi.
Bunga sabab tuproqda chirindi juda oz ( 0,2 - 0,5 % ) bo’lib, chirindili
216
qatlamning qalinligi bir necha sm dan oshmasligidir.
Shuning uchun bunday
tuproqlarda tut daraxti juda yomon o’sadi.
Tutzordagi daraxt qator oralarini o’z vaqtida ishlash va sug’orishni to’g’ri
uyushtirish kabi tadbirlarni qullash tuproq unumdorligini oshirishda katta
ahamiyatga ega. Shuning uchun tutzorlarning qator orasini va urug’ sepiladigan,
hamda ko’chat ekiladigan yerlarni kuzda shudgorlab quyish, ko’klamda tuproq
yetilishi bilan boronalash va molalash zarur.
Shuni ham aytish kerakki, yerni
yoppasiga bostirib sug’orish yuli bilan tuproqning unumdorlik xususiyatini buzib
quyish va xatto uni botqoq-lantirib yuborish mumkin. Bunday hol yuz bermasligi
uchun tutzorlarni egatlardan jildiratib sug’orish lozim.