214
Tut daraxtiga issiq havo (garmsel) ayniksa yomon ta’sir qiladi. Issiq
shamollar O’zbekistonning ayirim viloyatlari va Tojikistonning Vaxsh vodiysida
ko’p bo’lib turadi. Ayrim yillarda garmsel ta’sirida tut barglari va xatto novdalari
qurib qoladi, natijada kelgusi yil barg hosili juda kamayib ketadi. Ba’zan quyosh
nurlari ta’siridan yosh tutlarning tanasi po’kaklashib, keyinchalik daraxt butunlay
qurib qoladi. Ularni garmseldan saqlash uchun tutzorlarning atrofiga bir necha
qator qilib ixota daraxtlar o’tkazish zarur. Ixota daraxtlar issiq shamolni to’sish
bilan birga, tuproqdagi namlikning bug’lani-shini kamaytiradi. Tut daraxtlarining
tanasi oxak bilan oqlash kerak. Bu tananing oftob urishidan saqlaydi.
Tutning normal o’sishida tuproqning harorati ham ma’lum darajada bo’lishi
kerak. Chunki tut ildizlarida suv kelib turishi, ildizlarning mineral moddalar bilan
oziqlanishi, o’sishi, nafas olishi va x.k. lar. tuproqning haroratiga bog’liqdir.
Tuproqning harorati 5-6 S bo’lganda tut ildizida shira harakati boshlanadi.
Tuproq issiqligi 20-27S ga yetganda tutning ildizi juda yaxshi usa boshlaydi.
Shuni ham aytish kerakki, tuproq harorati turli chuqurlikda turlicha bo’ladi.
Tuproqning yuza katlamida harorat keskin o’zgarib turadi.