• Iskana payvand
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Qishki payvand - meva o’simliklarini faqat bahor va kuzda emas qishda ham 
    payvand qilish mumkin. Qishda urug’ ko’chatlarini kovlashda qishki payvand 
    uchun ularning baquvvatlari ajratiladi va novdalar tayyorlanadi. Ular sovuq 
    bo’lmaydigan binoda nam qumga ko’mib quyiladi. Qishki payvand yanvarda yoki 


    228 
    fevral boshida istalgan yorug’ binoda ulanadi. Bunda urug’ ko’chatlar qo’shilgan 
    joyidan olinib ildizlari yuvilib, loy qumlaridan tozalanadi, so’ngra ularga payvand 
    ulanadi. Buning uchun urug’ ko’chatning ildiz bo’g’izi oldidan qiyshiq kesib tanasi 
    olib tashlanadi va shunday yo’g’onlikdagi novdani olib, u ham qiyshiq kesiladi. 
    So’ngra har ikkalasini kesigidan yorma tilcha chiqaziladi, novda bilan urug’ ko’chat 
    kesiklari bir-biriga ulanadi. Ulanganda ularning tilchalari bir-birining orasiga kirib 
    turishi kerak. Ulangan joy chipta yoki po’stloq tola bilan mahkam bog’lanadi.
    Iskana payvand - bu usulda payvand qilish payvandtag o’z o’qiga nisbatan 
    ko’ndalangiga kesiladi. Qalamchani payvandtag yorug’iga tiqib qo’yayotganida 
    tirqish bog’ pichog’ining uchi yoki qattiq yog’ochdan yasalgan pona bilan ikki 
    tomonga shunday qilib kesib qo’yladiki, qalamcha uning orasiga bemalol kiradigan 
    hamda payvandtag bilan payvandustning kambiy qatlamlari bir-biriga to’g’ri 
    keladigan bo’lishi lozim. 
     
     
    84-rasim. Tut daraxtini po’stloq ostiga qalamch payvandlash usuli va 
    ko’karishi. 
    1-kesib tayyorlangan ikki kurtakli qalamcha. 
    2-ko’chatni po’stloq ostiga qalamcha payvandlash texnikasi 
    Tilma payvand - qilishda payvandtagning pastki qismi 20 – 25 sm qoldirib, 
    kesiladi. Keyin yer yuzidan 5-8 sm yuqori qismi qiya qilib, tana yo’g’onligining 
    yarmidan oshirilmay bo’yiga kesiladi. Qalamchaning oxirgi kurtakdan pastki qismi 


    229 
    uchi o’tkir ponasimon qilib ikki tomonidan yo’niladi, keyin kambiy qatlamlari bilan 
    bir-biriga to’g’ri keladigan qilib, payvandtagning tilingan joyiga quyiladi. Bu usulda 
    o’simlik barg yozmasdan oldin qanday payvand qilinsa, barg yozganidan keyin ham 
    shunday qilinadi. 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish