• Kurtak payvand
  • Madaniy navlar urug’ ko’chatlari
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Kerakli materiallar va jihozlar: Adabiyotlar, jadvallar, rangli tasvirlar, 
    amaliy mashg’ulot ishlanmalari, tutning bir yillik novdalari, payvand pichoqlari, 
    boylag’ichlar. 
    Asosiy tushunchalar: Tutchilik sohasida navdor tut daraxtlarini vegetativ 
    yo’l bilan ko’paytirishda asosiy o’rinni ulash usuli egallaydi. Lekin ulash usullari 
    nihoyatda xilma - xildir. Bu yerda Respublika va chet ellik olimlarning ko’p 
    qirrali ilmiy ishlari va amaliy tajribalari bayon etiladi. 
    Madaniy nav meva o’simligidan kesib olingan ayrim kurtak yoki bir bo’lak 
    novdasini ikkinchi bir o’simlikka ulab o’stirish payvandlash deyiladi. 100 ga yaqin 
    payvandlash usuli bor. Ammo ko’p ko’chatzorlarda ko’pincha 3 xil uxlovchi kurtak-
    larni ulash yo’li bilan yozgi kurtak va payvand, o’suvchi kurtaklar ulash yo’li bilan 
    bahorgi kurtak payvand va qalamchani ulash yo’li bilan qishki payvand usullari 
    qo’llanilib keladi. 
    Kurtak payvand meva daraxtlarini payvandlashda ayniqsa ko’p tarqalgan 
    usuldir. Kurtak 3 usulda: yog’ochligi bilan, yog’ochliksiz va naychasi bilan payvand 
    qilinadi. Yog’ochli bilan yashirin va nish urgan kurtak payvand qilinadi. 
    Payvandtag o’zi yashaydigan, ildizlari baquvvat yaxshi, taralgan bo’lib, so’rish 
    kuchi yuqori hamda har-xil zararkunanda va kasalliklarga imkoni boricha chidamli 
    bo’lishi kerak. 
    Madaniy navlar urug’ ko’chatlari - kuchli o’sgan yaxshi payvandtaglar 
    hisoblanadi. 


    227 
    Madaniy nav o’simligining bitta yoki ikkita kurtakni biroz po’stloq va yupqa 
    yog’ochligi bilan kesib olib, payvandtakka ulashni kurtak payvand deb ataladi
    Kurtak payvand iyul oxiridan boshlab sentyabr o’rtalarigacha, hali o’simlik 
    tanasida shiralar yurib kurtak, ya’ni payvandtag po’stlog’i yaxshi ko’chadigan 
    davrda qilinadi. Payvandtak po’stlog’ini yaxshi ko’chishi uchun payvandlashdan 4-
    5 kun oldin ko’chatzorlarni sug’orish kerak. Kurtak payvand qilgan vaqtda 
    payvandtaklarni po’stlog’i yog’ochligidan yaxshi ajraladigan bo’lishi kerak. 
    Payvandtaglarining ildiz bo’g’izi yonidagi poyalari odatda oddiy qalamdan ingichka 
    bo’lmasligi ildiz bo’g’izidan 20 - 25 sm gacha bo’lgan yuqori qismida yon novdalari 
    bo’lmasligi lozim. Kurtak payvand maxsus pichoq bilan qilinadi. Pichoq o’tkir va 
    toza bo’lishi lozim. Payvandtakka novdadagi eng yaxshi kurtak qo’ndiriladi. Yupqa 
    yog’ochligi bilan birga qo’shib kesilgan kurtak po’stlog’ining uzunligi 2,53 sm 
    bo’lishi kerak. Kurtakni olishda payvandga novdaning ingichka tomonini o’ziga 
    qaratib kaftiga olib, 4 ta barmog’i bilan uni siqib ushlaydi. Unda ko’rsatkich barmoq 
    kesiladigan kurtak ostidan tirab turadi. O’ng qo’lning to’rt barmog’i bilan pichoqni 
    ushlab, bosh barmoqni novdaga tirab turib, pichoq bilan kurtakning 1,5 sm pastidan 
    1,5 sm yuqoridan novda po’sti ko’ndalangiga kesiladi. So’ngra pichoq uchi 
    yotqizilgan holda novda bo’ylab to birinchi kesikka yetguncha yuritiladi. Shunda 
    biroz yog’ochlik bilan birga po’stloq va kurtak ko’chib novda ajraladi. Kurtakli 
    po’stlog’i bilan payvandtakka quyish uchun urug’ ko’chatning shimolga qarab 
    turgan tomonidan ildiz bo’g’izining 3-4 sm yuqoridagi silliqroq joyi T shaklida ti-
    linadi. Kurtak qo’yilgandan keyin ko’rsatkich barmoqlar bilan ikki qo’lda po’stloq 
    pastdan yuqorisigacha bosib chiqiladi. Ulangan kurtak po’stloqlari normal sharoitda 
    ikki haftada o’sib urug’ ko’chatga qo’shilib ketadi. Ulangan kurtaklar kelgusi yil 
    bahorda o’sadi.

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish