• Kerakli materiallar va jihozlar
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet129/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

     
    Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga tutzor tashkil qilish, ko’chatlar 
    ekish, ekish usullari va sxemasi, baland tanali tutzorlar, buta tutzorlar, tutlarga 
    shakl berish va parvarishlash bilan tanishtirish. 
    Topshiriqlar: 
    1. Oziq tutzorlar tashkil qilish va uning loyihasini tuzishni o’rganish.
    2. Ko’chatlarni ekish usullari va sxemasini tuzishni o’rganish. 
    3. Yosh tut ko’chatlarini parvarishlash tabdirlarini o’rganish. 
    Kerakli materiallar va jihozlar: Adabiyotlar, jadvallar, rangli tasvirlar, 
    oziq tutzorlar barpo etish loyihasi, ekish sxemasi va joylashtirilishi tasvirlangan 
    jadvallar, laboratoriya mashg’uloti ishlanmalari.
    Asosiy tushunchalar: Oziq beruvchi tutzorlar xili. Respublikamizda 
    yetishtirilayotgan pillaga bo’lgan talab juda katta, shuning uchun ipak qurtining 
    oziqa negizini istiqbolli, ya’ni yuqori sifatli va hosilli tut navlari bilan boyitish 
    darkor. Ko’plab oziq beruvchi tutzorlar barpo etish kerak. 
    Tutchilikda oziq buruvchi tutlar ekilish usuliga qarab uch xilga bo’linadi: 
    qatorlab ekiladigan tutlar, maxsus alohida yer ajratilib ekiladigan tutzorlar va 
    uchinchisi boshqa xildagi daraxtlar bilan aralashtirib yoki manzara uchun 
    ekiladigan tutlar. 
    Birinchi xil tutlar asosan yul, zovur (kanal), ariq yoqalariga, shuningdek 
    paxtazor yoki boshqa ekin maydonlarining atrofiga bir yoki ikki - uch qatorlab 
    ekilgan. Albatta ikki yoki uch qator qilib ekiladigan bo’lsa, tutlarga shakl 
    berishda tanasini pakanalashtiradi. Bu xildagi qatorlab ekilgan tutlar xozirgi 
    paytda Respublikada 75-80 % ni tashkil etadi. 
    Ikkinchi xilga alohida katta maydonlar ajratilib baland va buta tutzorlar 
    tashkil etiladi. Bunday maydonlarning kattaligi bir gektardan 10 gektargacha 
    bo’lishi mumkin. Bu xildagi tutzorlar respublikamizda 20-25% ni tashkil etadi 


    239 
    xolos. Agarda pillachiligi rivojlangan Xitoy, Xindiston, Yaponiya mamlakatlarini 
    misol qilib oladigan bo’lsak, ularda 100% bu xildagi tutzorlar, shu bilan birga 
    100% navdor tutlardan tashkil topgan.Bizda bu ko’rsatkich, ya’ni navdor 
    tutzorlar atigi 1-2% ni tashkil qiladi. 
    Uchinchi xilga tut daraxtini boshqa daraxtlar bilan ixo-ta uchun ekiladi. 
    Shuningdek shaharlarda manzara uchun ham eki-ladi. Tut tanasining past-
    balandiga qarab uch guruhga bo’linadi. 
    Birinchi guruhga - tanasining ildiz bugzidan shox-shabbasigacha
    balandligi 1,0-1,2 m bo’lgan tut daraxtlari kiradi. 
    Ikkinchi gurux - tanasining ildiz bo’g’zidan shox-shabbasigacha, balandligi 
    0,5 - 0,7 m bo’lgan buta tut daraxtlari. 
    Uchinchi gurux - tanasining ildiz bugzidan shox - shabbasigacha , 
    balandligi 0,3 m dan past bo’lganbuta tutlar. 
    Tut daraxtini yo’l, kanallar, hamda arik bo’ylariga bir qatorlab ekilganida, 
    albatta baquvvat ikki yillik tanasining ildiz bo’g’zidan shox-shabbasigacha 
    bo’lgan balandligi 120 sm kam bo’lmagan ko’chatlar ekilishi shart. Agarda bu 
    aytilgandan past bo’lsa, xali yosh ulg’ayib ulgurmagan daraxtlarni uy xayvonlari 
    yeb quritadi. Ana shunday hodisalar respublikamiz viloyatlarida juda ko’p. 
    Ko’chatning tanasi 120 sm bo’lsa, uning uchta shoxi 40-50 sm bo’ladi, 
    natijada daraxtning barg qismi 160-170 sm joylashadi, bunday tut daraxtlarini 
    mol yeb yo’q qila olmaydi. 
    Qatorlab ekiladigan tutlarning oralig’i 2,5 - 3 metrdan kam bo’lmasligi, 
    ekiladigan joyining chuqurligi 50 sm, kengligi 70 sm bo’lishi kerak. Ekilayotgan 
    vaqtda ko’chat ildizining uch va lat yegan qismi o’tkir pichoq yoki bog’ qaychi 
    bilan qirqiladi. Ko’chat chuqurni o’rtasiga o’tkazilib avval tuproqningt yuza 
    qismi, so’ngra tagidan olingan qismi ko’miladi. Tuproq ko’chat ildiz bo’g’zidan 
    kuzda 4-5 sm, bahorda 2-3 sm yuqorida bo’lganida yaxshi bo’ladi. Agarda 
    ko’chatlar bahorda ekilsa, darxol suv berilishi kerak. Ko’chatlar yaxshi ko’karib 


    240 
    ketguncha tez-tez suv quyiladi. Birinchi yili 7-9 marta suv, 3 marta yumshatilib, 
    2 marta mineral o’g’itlar bilan oziqlantiriladi. 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish