• TUT DARAXTINI BARGIDAN FOYDALANISh VA HOSILINI ANIQLASh USULLARI. Mashg’ulotning maqsadi
  • Topshiriqlar: 1. Tut bargidan ipak qurti boqishdagi ahamiyati, daraxt yoshiga qarab barg hosilini o’zgarib borishi va tut bargidan foydalanish usullari bilan tanishish.
  • Kerakli materiallar va jihozlar
  • Charxpalak usulida tut ko’chatlarini to’g’ri ekish sxemasini ko’rsating




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Charxpalak usulida tut ko’chatlarini to’g’ri ekish sxemasini ko’rsating. 
    Tutzor xili va o’stirish 
    usuli 
    Ekish sxemalari, m 
    4x4 
    3x1 
    6x0,5 
    9x0,5 
    1x0,5 
    3x0,5 
    Maxsus tutzorda 
    Baland tanali (1,5 m) 
    O’rta tanali (0,8-1 m) 
    Buta tutzor tor qatorli 
    Buta tutzor keng qatorli 


    245 
    TUT DARAXTINI BARGIDAN FOYDALANISh VA HOSILINI 
    ANIQLASh USULLARI. 
     
    Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarni tut bargidan foydalanish usullari, 
    sistemasi va texnikasi, tut bargidan ko’klamgi qurt boqishda foydalanish, bargli 
    novdalarni qurt boqish uchun kesishni o’rgatish. 
    Topshiriqlar: 
    1. Tut bargidan ipak qurti boqishdagi ahamiyati, daraxt yoshiga qarab barg 
    hosilini o’zgarib borishi va tut bargidan foydalanish usullari bilan tanishish.  
    2. Hosildan qolgan tut daraxtlarini yoshartirish va serbarg qilish yo’llari 
    bilan tanishish. 
    3. Ipakchilikda oziqa balansi va tut bargining hosilini aniqlash usullarini 
    o’rganish. 
    4. O’rganilgan obyektlarning rasmini ish daftariga chizib olish.
    Kerakli materiallar va jihozlar: Uslubiy qo’llanmalar, tut bargi 
    tasvirlangan jadvallar, tut barglari namunalari, tut shoxlarini kesishda 
    qo’llaniladigan asboblar. 
    Asosiy tushunchalar: Ipakchilikda oziqa balansi va tut bargining 
    hosilini aniqlash usullari. Respublikamiz tumanlaridagi hosil beruvchi mavjud 
    tutlarning hosiliga qarab qancha ipak qurtini boqishni rejalashtirish ipakchilikda 
    oziqa balansi deyiladi. 
    Oziqa balansi ipak qurtini zoti qutilar soni va boqish agrotexnikasiga qarab 
    belgilanadi. Oziqa balansi belgilashdan oldin tut daraxtlarining barg hosilini 
    aniqlashni to’g’ri tashkil etish kerak, buning uchun bu ishga o’ta tajribali 
    mutaxassislarni jalb etish kerak. 
    Ipakchilikda oziqa balansini bilish uchun har yili bahorda ipak qurtini 
    boqishni beshinchi yoshining 4-5 kunlarida belgilangan tutlarning hosili 
    aniqlanib borilishi kerak, natijada kelgusi yili erta bahorda ipak qurtini necha quti 
    jonlantirish mumkinligi rejalashtiriladi. 


    246 
    Baland tanali tutlarda tanasining 1 metr balandlikdagi yo’g’onligi 5-10, 10-
    20, 20-30, 30-45, 45-60 sm va undan yuqori bo’lgan guruhlarga ajratib ularning 
    barg hosili tortish yo’li bilan aniqlanadi. 
    Baland tanali tutlarning barg hosilini aniqlashda, yuqorida aytilgan har bir 
    guruxdan o’rtacha rivojlangan 5 ta namuna daraxtlar tanlanib ularga bo’yoq 
    suriladi. Bo’yoq surib qo’yilgan namuna daraxtining xech qanday novdasi 
    kesilmaydi.
    Ipak qurtini beshinchi yoshining 4-5 kunlari tutning barg hosili quyidagicha 
    aniqlanadi. fqp-p
    1
    , bunda f- bitta namuna daraxt bargining og’irligi, kg.
    r - barcha novdalarning barg bilan og’irligi, kg. 
    r
    1
     - bargsiz novdalarning og’irligi, kg. 
    Baland tanali tut daraxtlarini barg hosilini shox - shabbasining hajmiga 
    qarab aniqlash. Bu usul 1952 yilda L. S. Dain tamonidan ishlab chiqilgan bo’lib 
    tut daraxtini shox-shabbasining rivojlanishi, ya’ni undagi novda va barg 
    hosildorligi o’rtasida uzviy bog’liqlik borligini matematik yo’l bilan aniqlashga 
    asoslangan. Bu usulda tut daraxtining tashqi ko’rinishiga qarab 3 guruxga 
    bo’ladi: 1- bargli novdalar zich joylashgan, yonidan qaraganda yorug’lik 
    ko’rinmaydi. 
    2 - guruxga ayrim novdalar shox-shabba doirasidan chetga o’sib chiqqan va 
    bargli novdalari biroz siyrak joylashgan, yorug’lik qisman ko’rinadigan. 
    3 - guruxga shox-shabbasi tarvaqaylagan, ya’ni ma’lum bir shaklga ega 
    bo’lmagan, bargli novdalari juda siyrak daraxtlar kiradi. L. S. Dain usulida barg 
    hosili quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
    Vq¶*.(D
    1
    qD
    2
    )2*.h / 4 2 
    bu yerda : V - shox-shabba hajmini m
    3
     hisobida
    ¶- doimiy son (3,14) doira aylanasi;
    D
    1
    va D
    2
    - shox - shabba kengligini bir biriga qarama -qarshi (tik) 
    diametrini, m hisobida; 
    h - shox - shabba balandligi, m hisobida ifodalanilgan.


    247 
    Yuqoridagi formula bo’yicha qaysi guruxga tegishli ekanligi aniqlangach 
    barg hosili quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
    FqVx·R u/ x 
    bu yerda : F - barg hosili, kg. 
    V - shox-shabbaning shartli xajmi,m
    3
    ,
    R u/x - shox-shabbadagi bargli novdalarning zichligiga qarab guruxlar 
    bo’yicha 1 m
    3
     shartli xajmidagi o’rtacha barg miqdorini ifodalaydi. 
    Masalan. D
    1
    q3,0 m, D
    2
    q2,6 m, hq2,8 m, ¶q3,14, 
    Vq3,14·(3,0q2,6)2 * 2,8 / 42 q 8,61 m
    3
    Demak 1-guruxga mansub - R u/xq1,812 kg, Fq 8,61x1,812q15,6 kg.
    Buta tutzorlarning barg hosilini aniqlash usullari. Buta tutzorlarning barg 
    hosili uch xil usulda aniqlanadi. 
    1 ) Namuna qatorlar orqali. 2 ) Namuna maydonchalar orqali. 
    3) Burchakma - burchak qiyalab yurib. 
    Birinchi usulda tutzorning katta-kichikligiga qarab har 5-10 ta qatordan bitta 
    namuna qator ajratilib, bargli novdalari kesilib tezda tortiladi, so’ngra barglari 
    chimdib tashlanib, novdalarining o’zi tortilib, birinchi ko’rsatkichdan ikkinchisi 
    chegirib tashlansa sof barg og’irligi topiladi. Bunda bitta namuna qatorning 
    bargini chimdillab chiqish uzoq vaqt talab etsa, shuningdek barglar sulib 
    isrofgarchilik bo’lishi mumkin. Shuning uchun jami bargli novdaning 10 % 
    olinib bargning chiqish foizi hisoblanib quyidagi formula bilan bitta namuna 
    qatorning barg og’irligi topiladi. 
    f
    1
    qR
    1
    x R /100 , 
    bu yerda; f
    1
    - bitta namuna buta qatorning barg og’irligi, kg;
    R
    1
    - bitta qatordagi jami bargli novdalarining og’irligi, kg; 
    R- novdalardagi bargning chiqish foizi, 
    Buta tutzorda ajratilgan bir qancha namuna qator (n) larni quyidagi formula 
    yordamida bitta qatorning o’rtacha barg hosili topiladi: 
    f q (f
    1
    qf
    2
    qf
    3
    q...

    .f
    n
    ) / n q kg 


    248 
    so’ngra tutzorning yalpi hosili aniqlanadi Fqf x N
    F - tutzorning yalpi hosili, s. 
    f - bir qator buta tutlarning o’rtacha barg hosili, kg. 
    N - buta qatorlar soni 
    Ikkinchi usulda - tutzorning bir necha joyidan 30-35 m
    2
    satxdagi 
    maydonchalar ajratilib har kaysisi hosili alohida hisoblanadi. 
    Bu quyidagicha Fqf x S / s ; 
    bu yerda :F - yalpi barg hosili, s. 
    f - bitta maydonchadagi yoki bir necha maydonchadagi tutlarning o’rtacha 
    barg og’irligi, kg. 
    S - buta tutzorning umumiy maydoni , m
    2
     .
    s - namuna maydonchaning satxi, m
    2

    Uchinchi usulda - buta tutzorda burchakma - burchak qiyalab yurilib har 
    qatoridan 5-10 tagacha namuna tup tut ajratiladi va barg hosili yuqorida aytilgan 
    usulda aniqlanadi. 
     

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Charxpalak usulida tut ko’chatlarini to’g’ri ekish sxemasini ko’rsating

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish