Biologik usulda barg sifatini aniqlash




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

Biologik usulda barg sifatini aniqlash. Bu usul qo’llanganda 
tekshiriladigan tut navlari yoki duragaylarning barg sifatini baholash uchun 
ularning bargi bilan ma’lum zot yoki duragayga tegishli ipak qurti bilan boqiladi. 
Bu usulda uch qaytarilish bo’yicha 300 va jami 900 dona qurt alohida olinib 
boqiladi. Bundan tashqari qurtni boqish vaqtida, ular soni (g’ana almashish va 
nobud bo’lishi tufayli) kamayib ketmasligi uchun o’rnini to’ldirish maqsadida 
yana 300 dona qo’shimcha) qurt ham boqiladi. 
Sifati tekshiriluvchi nav yoki duragaylarning barglari har kuni ma’lum 
vaqtda ikki muddat (ertalab soat 7-8 va kechqurun 19-20 lar)da tayyorlanib, 
qurtga berilguncha salqin xonalarda polietilen xaltalarda saqlanadi. 
Ipak qurtining yashash jarayoni, u iste’mol qilgan u yoki bu navning barg 
tarkibidagi suv, mineral va organik moddalarning miqdoriga bog’liqdir.
Biologik usulda u yoki bu qurt zoti uchun ma’lum bir ekologik sharoitda 
o’sgan tut bargining sifati uzil-kesil baholansa ham, lekin u yoki bu navning barg 
tarkibidagi elementlar miqdori o’rtasidagi mavjud farqini izohlay olmaydi. Bu 
jihatdan barg tarkibini kimyoviy yo’l bilan talqin etish qo’l keladi.
Shu sababli, u yoki bu navni baholashda qurt boqish bilan bir vaqtda bargni 
kimyoviy tahlil qilishni bir-biriga bog’lab olib borish maqsadga muvofiqdir.
Kimyoviy tahlil usuli bargdagi oziq moddalar miqdori bilan asosiy 
agroekologik sharoitlarning ta’siri o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni aniqlashga 
yordam beradi. Bargning kimyoviy tarkibi uning hosildorligi bilan birga nav 
sinashda asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Nihoyat, bargning kimyoviy 
tarkibini o’rganish va uning asosiy ko’rsatkichlar dinamikasini muayyan 


252 
agrotexnik tadbirlar ta’sirida o’zgarishini bilish orqali biz xoxlagan yo’nalishda 
barg sifatini yaxshilashga erisha olishimiz mumkin. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish