266
keyinchalik jigar rangga kiradi. Havo harorati ko’tarilgan vaqtlarda bunday
barglar och yashil rangga kirib, so’liy boshlaydi. Bunday barglarning barg bandi
ko’ndalang kesib ko’rilganda yog’ochlik qismi qorayib ketadi. Kasallangan
ko’chatlarning poyasi ko’ndalang kesilganda yog’ochlik qismi jigar rangda yoki
qoramtir rangda ko’rinadi. Bunday ko’chatlarning kasallanishida F. moniliforme,
F. lateritium, F. heterosporum, F. gibbosium, F. sambusinium zamburug’ turlari
qatnashadi.
Ma’lumotlarga ko’ra tutning fuzarioz kasalligini 10 dan ortiq turdagi
Fusarium zamburug’lari keltirib chiqaradi. Kasallik tufayli 30-35 % urug’dan
ekilgan ko’chatlar, 40-45 % payvandlangan ko’chatlar, 20-25 % ko’p yillik tut
daraxtlari nobud bo’ladi. Kasallik ko’chatlarning yotib qolishi, ildiz chirishi va
so’lishi tarzida namoyon bo’ladi. Kasallik belgilari pastki yarusda joylashgan
barglarning sarg’ayishi, barg qirralarining jigar rangga kirib bujmayishi tarzida
namoyon bo’ladi. Kasallikning ichki belgilari o’tkazuvchi to’qimalarning
qoramtir jigar rangga kirishi (nekroz), ildiz po’stining chirishi natijasida qizil,
ko’k, binafsha rangga kirishi bilan xarakterlanadi.