264
Kasallikning namayon bo’lishi uchun zarur bo’lgan inkubasion davr bir ikki
oyni tashkil qiladi. Infeksiya nam ortiqcha bo’lgan, ishqorli tuproqlarda tez
tarqaladi. Kasallik asosan ko’chatlik materiallar yordamida tarqaladi. N.G.
Zaprometov fikricha shishlarning anotomo- morfologik tuzi-lishi bilan xayvon va
odamlar shishining tuzilishi bir xilligini ta’kidlaydi.
Tutning zamburug’ kasalliklari. Zamburug’lar mikroorganizmlar ichida
eng keng tarqalgani bo’lib, 100 mingdan ortiq turga ega. Ular xo’jayrasida
xlorofill bo’lmaganligidan fotosintez jarayonini amalga oshira olmaydi. Tayyor
organik modalar xisobiga oziqlanadi. Azot moddasiga bo’lgan talabi oqsil,
aminokislotalarni, azotning noaniq tarkibini-nitrat va ammiak tuzlari xisobiga
xosil qiladi.
Zamburug’lar o’simlikning va jonivorlarning tirik xo’jayrasi yoki nobud
bo’lgan to’qimalari xisobiga hayot kechirish jarayonida fermentlari vositasida
ular tarkibini parchalaydi, fitotoksinlari vositasida nobud qiladi. Azotli
moddalarning parchalanishi natijasida xosil bo’lgan mineral moddalr tuproq
tarkibida parchalangan oziqa zanjirini xosil qilishda qatnasha di. Zamburug’lar
tuproqda zararli azotli moddalarni parchalab, minerallashtirib turib sanitar
vazifasini bajarsa, hayot davomida xosil qilgan antibiotiklari zararli
mikroorganizm larni nobud qiladi va nixoyat tuproq strukturasini yaxshilashda
qatnashadi.