267
olinadigan barg miqdori 7-9 % ga pasayadi. Fuzarioz vilti bilan kasallangan tut
daraxtining bir yillik novdalarini tezda sovuq urib ketadi.
Tutzorlarda fuzarioz vilt kasalligining keng tarqalishiga asosiy sabab,
tutzorlar orasiga g’o’za, poliz va sabzavot ekinlarini ekish natijasida
infeksiyaning tuproqda to’planishi, kasallikka
chidamli navlarni aniqlanma
ganligi va qator oralaridagi tuproqqa ishlov berishda tut ildiz tizimining
zararlanishidir.
Kasallikka qarshi kurashish uchun tut urug’ini ekishdan oldin fundazol,
derazol, vitavaks fungisidlari bilan 2-3 kg/t miqdorida ishlov berib keyin
urug’larni tuproqqa ekish kerak.
Fuzarioz kasalligining tarqalishini o’rganish
maqsadida Toshkent viloyati
xo’jaliklaridagi tutzorlaridan tadqiqot uchun yig’ilgan 1854 ta Morus alba
,M.nigra o’simliklarining 595 tasi, yoki 32,0 % fuzarioz bilan kasallan ganligi
aniqlandi. Ayniqsa tut plantasiyalarining qator oralariga g’o’za va poliz ekinlari
ekilgan joylarda o’simliklarning kasallanish darajasi ancha yuqori edi.
97-rasm. Tutda so’lish kasalligini keltirib chiqaruvchi F. lateritium
turining makrokonidiyalari
Mikologik tadqiqotlar asosida kasallangan o’simliklardan
F.avenaceum,
F.semitectum, F.gibbosum var.acuminatum, F.sambucinum var. minus,
268
F.heterosporum, F.javanicum, F.solani, F.solani var. argillaceum, F.redolens,
F.merismoides, F.nivale turlari ajratib olindi.
Surxandaryo viloyati sharoitida tut ko’chatlarining
fuzarioz kasalligi bilan
kasallanishi quyidagi turlarda namayon bo’ladi: kasallallangan ko’chatlarning
yotib qolishi, ildiz chirishi va so’lishi tarzida namoyon bo’ladi.
Kasallik tut daraxtining urug’ini ham zararlaydi. Bunday urug’lar
unuvchanligi 10-12 % ga kamayadi. Urug’dan ungan ko’chatlar fuzarioz kasalligi
bilan kasallanishi ko’chatlar unib chiqqandan 17-26 kun o’tgandan keyin amalga
oshiriladi. Bunday ko’chatlarning urug’ kurtak barglari dastlab rangsizlanib
so’liydi, keyinchalik sarg’ish-jigar rangga kiradi, ular qovjirab quriydi. Kasallik
belgilari haqiqiy barglarda ham kuzatiladi. Kasallangan ko’chatlarning barglar
dastlab rangsizlanadi, so’liydi, barg plastinkasi yuzasida dastlab sarg’ish dog’lar
paydo bo’lib, ular keyinchalik jigar rangga kiradi. Kasallikning ichki belgilari
o’tkazuvchi to’qimalarning qoramtir jigar rangga kirishi (nekroz), ildiz po’stining
chirishi natijasida qizil, ko’k, binafsha rangga kirishi bilan xarakterlanadi.
Havo harorati ko’tarilgan vaqtlarda bunday barglar och yashil rangga kirib,
so’liy boshlaydi. Bunday barglarning barg bandi ko’ndalang kesib ko’rilganda
yog’ochlik qismi qorayib ketadi. Kasallangan ko’chatlarning poyasi ko’ndalang
kesilganda yog’ochlik qismi jigar rangda yoki qoramtir rangda ko’rinadi. Bunday
ko’chatlarning kasallanishida
F. moniliforme, F. lateritium, F. heterosporum, F.
gibbosium, F. sambusinium zamburug’ turlari qatnashadi.
Toshkent tumanidagi Sebzor tut ko’chatxonasidagi 1376
ta tut
ko’chatlarining 483 tasi, yoki 35,1 % fuzarioz bilan kasallangan bo’lib, kasallik
urug’dan ungan ko’chatlarda, ikki va ko’p yillik tut ko’chatlarida ham uchraydi.
Sebzor tutxonasidagi 279 ta payvandlangan tut ko’chatlarini tadqiq qilinganda
ularning 32 % fuzarioz bilan kasallanganligi aniq bo’ldi.
Sebzor tutxonasidan ko’chat olgan Toshkent viloyatining barcha
xo’jaliklarida tut ko’chatlarining 31-47 % fuzarioz bilan kasallandi.
269
Qibray tumanining tutzorlari ular orasida yetishti rilayotgan sabzavot
ekinlaridan 189 ta o’simlikning 39 tasi, yoki 20,6 %
fuzarioz bilan
kasallanganligi aniqlandi.
Pskent tumanining tutzorlaridan kasallik belgilariga ega bo’lgan 185 ta
o’simlikning 38 tasi , yoki 21,9 % fuzarioz bilan kasallanganligi aniqlangan.
Quyi Chirchiq tumani xo’jaliklaridagi tutzorlardan tadqiqot uchun yig’ilgan
114 ta o’simliklarning 31 tasi, yoki 21,1 % fuzarioz bilan kasallanganligi
aniqlangan.
Janubiy viloyatlarda olib borilgan kuzatishlarning ko’rsatishicha, fuzarioz
kasalligini qo’zg’atuvchi fuzarium zamburug’i turlarining miqdori boshqa
viloyatlarga nisbatan ko’pligi bilan xarakterlanadi. Chunki ,
janubiy
viloyatlardagi qulay ekologik sharoit, vegetasiya davrining uzunligi va ekin
turlarining bir mavsumda bir necha marta o’zgarishi tuproqda xayot
kechirayotgan zamburug’larning oziqlanish usuliga xam ta’sir ko’rsatadi.
Qishning shimoliy viloyatlarga
nisbatan iliq kelishi, tuproqdagi infeksiya
miqdorining yil davomida saqlanib turishiga, sovuq kunlarning kam bo’lishi,
agrotexnik tadbirlar buzilgan taqdirda o’simlikning rivojlanishdan orqada
qolishiga va kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’larga qarshilik ko’rsatish
xususiyatining kamayishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun xo’jaliklarga
ekilgan
ko’chatlarning 24-33% da qurib qolish yoki so’lish xollari kuzatiladi.
Viloyat sharoitida tutdan ajratilgan
Fusarium turkumiga mansub
zamburug’larning turlarining uchrash darajasi o’rganish asosida ular 9 ta turga
mansubligi va ularning 456 dan ortiq shtammlari ajratib olindi.
Mavjud
turlarning uchrash darajasiga qarab, ularni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin:
dominant turlar:
F.javanicum (17,5%),
F.lateritium (17.5%), ,
F.moniliforme
(17,1%),
F.culmorum (13,1%) subdomi nant turlar:
F.oxysporum (11,1%),
F.heterosporum (7,2%); va kam miqdorda uchraydigan turlar:
F.bucharicum
(6,5%),
F.solani (4,3%),
F.gibbosium (5,2%);.