261
bo’lakchalarni oziqa muxiti ustiga joylashtirib 25
o
S xaroratga qo’yilsa 3 kunda
bakteriya ajralib chiqadi.
Bakterioz kasalligining kelib chiqishi,belgilarining namayon bo’lishi va
zararini aniqlash uchun uni suniy usulda zararlash usulidan foydalaniladi. Buning
uchun tutning yosh novdvsiga ukol qilish, barg tomiriga ukol qilish, bargni
bakteriya
tayoqchalari
bilan
surkash,kurtakka
ukolqilish
usullaridan
foydalaniladi. Tajriba uchun 100 tadan o’simlik kasallantirilganda kasallanish
uchun inkubayiya davri 4-11 kunni tashkil qiladi. Bakteriyaning inkubasiya davri
baxor faslida 1 -2 kunga qisqa bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Laboratoriya
sharoitida inkubasiya davri 3 5 kunni tashkil qiladi. Bu bakteriya tut ipak qurtiga
nisbatan patogenlik xususiyatini namayon qilmaydi.
Kasallik tufayli tutning eng uchki barglar, bir yillik novda va kurtaklar
zararlanadi. Kasal barglarda oqish hoshiyali keyinchalik qoramtir yog’simon
dog’lar hosil bo’ladi. Dog’ usti qoramtir sarg’ish yopishqoq modda bilan
qoplanadi. Kuchli zararlangan barglar sarg’ayib keyinchalik tushib ketadi.
Kasallangan novdalarda esa qoramtir dog’lar hosil bo’ladi. Kurtaklar esa qorayib
quriydi. Kasallik qo’zg’atuvchisi kislota va quyosh nuriga chidamli,
Kasallik
qo’zg’atuvchilari o’simlikka barg og’izchalari, novdadagi yoriqlar va o’sish
nuqtasi orqali kiradi. Kasallik belgilari o’simlik turiga qarab 4-18 kunda
namoyon bo’ladi. Kasallikning tarqalishiga kasallangan novda, barg, ko’chat,
o’simlik qoldig’i asosiy vosita hisoblanadi.
Tut daraxtini bakterioz bilan kasallanish darajasiga qarab 3 guruhga
bo’linadi. Keniru - navi 2 ballga kasallanadi - 50 foiz. Kokosu-70, Kokosu-13,
Sioziso, Fusamaro, Kokroso navlari - 1 ballga kasallanadi - 1-34 foiz, Xasak,
O’zbekiston, Vostok, SANIISh navlari kam kasallanadi.
Tutning bakterioz bilan kasallanishini xisobga olish uchun tutzordagi barcha
daraxtlarni qatorasiga kuzatish yoki xar beshta daraxtni o’tkazib
xisoblash usuli
foydalaniladi. Buning uchun kasallanish darajasi ball bilan belgilanadi:
1 ball barglarda va novdada qisman dog’lar paydo bo’lgan;
262
2 ball novdaning yuqoridagi beshtadan barglari kasallangan;
3 ball novdaning yuqoridagi barglarning barchasi kasal langan, novdada
botiq dog’lar paydo bo’lgan.
Kasallikka qarshi kurash choralari proflaktik va agrotexnik usullar
yordamida amalga oshadi. Kasallikning oldini olish uchun kasallangan ko’chat,
nihol va qalamchalardan payvandlashda foydalanmaslik; xamisha sog’lam
o’simliklardan qalamchalar
tayyorlanishi kerak; tutzorlarning 1 ga yeriga 6600
dan ortiq ko’chat ekmaslik; tuproqqa ishlov berish jarayonida 1 ga yerga 180 kg,
90 kg fosfor, 45 kg kaliy o’g’itlarini tuproqqa solish; tutzorlardagi tuproqni
kuzda xaydash. Tutzorlardagi begona o’tlarga qarshi kurashni o’z vaqtida
o’tkazish. Tutning kasallangan novdalarini yerdan 20
sm yuqorida kirqib olib
o’simlik qoldiqlarini yoqib yuborish. Kasallik namoyon bo’lgan tutzorlarga 100 l
suda 1 kg mis, yoki 1 kg oxak aralashtirib purkash.
Tutning bakterial rak kasalligi yoki ildiz raki Bacterium tumefacins
Er.Smith and Townsed tamonidan keltirib chiqariladi. Bu kasallik barcha mevali
daraxtlar ildizida xam kuzatiladi. Kasallik belgilari dastlab tananing ildizga
tutashgan joyida xosil bo’lgan xar xil shakldagi shishlar tarzida namayon bo’ladi.
Uning kattaligi 1 sm dan 10 sm kattalikdagi dumaloq shaklda bo’ladi. Bunday
o’simtalar ildiz bo’g’izida, ba’zan yosh poyada va novdada xam xosil bo’ladi.
1
2
3
4