277
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinib
turibdiki, kuzga borib kleystokarpiylar
soni kuzga borib ortib boradi. Konidiyalar qulay sharoit bo’lganda ularni barg
sharbatiga solib o’stirilganda 70 %
unib chiqsa, distirlangan suvda 33 % unib
chiqadi. Xavo xarorati 20
o
S dan pastga tushganda ularning unish qobiliyati
keskin kamayadi. Bu zamburug’ning o’simlikni zararlash uchun inkubasion davri
8 kunni tashkil qiladi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun tutzorlardagi agrotexnik tadbirlarni o’z
vaqtida sifatli o’tkazish, ko’chatlar sonini 1 ga maydonda 6600 ta dan ekish,
kasallangan tutlarni 5 % li OOE bilan ishlov berish kerak.
Kasallikka qarshi
proflaktik kurash choralari qatoriga kasallangan barglarni yig’ib yoqib tashlash
kerak. Tut daraxti tuplaridan o’sib chiqqan bachkilarni qirqib olib tashlash kerak.
Tutning ildiz chirish kasalliklari.
Bu kasallik Italiya, Yaponiya ,Shimoliy
Kavkaz, Kavkazorti davlatlarida keng tarqalgan. Kasallik tufayli tut daraxti qurib
qoladi. Kasallikning kelib chiqishida to’rtta zamburug’ qatnashadi:
Armillaria
mellea Quel-armillyarioz; xaltachali zamburug’
Rosellinia necatrix (Hart) Berl-
va
Mycelia sterilla (steril miseliyli zamburug’); aurikulyariyalar vakili –
Helicobasidium Mompa Jchikawa-“Mossino”.
Armillaria mellea Quel- armillyariozli ildiz chirish kasalligini Plastinkalilar
oilasi
vakili xisoblanib, O’zbekiston, Azarbayjon, Gruziya davlatlarida keng
tarqalgan. Kasallik tufayli 20-60% daraxtlar qurib qoladi.
Kasallik
baxor faslini oxirida aprel,may,iyun oylarida namayon bo’lib,
kasallangan o’simlik barglari so’liydi, lekin tushib ketmaydi. Daraxt tuplari qo’l
bilan qimirlatil ganda u oson chayqaladi va tupidan sinib ketadi. O’simlik
ildizining po’stlog’ini ostida zamburug’ning miseliysi qop lami xosil bo’ladi.
Plyonkalar qoplami oq rangda bo’lib, yapoloq, elpig’ichsimon, qalinligi 3- 5 mm
ni tashkil qiladi. Miseliy rangi jigar rangda ko’rinadi. Zamburug’ qalpoqchasi
ildiz bo’g’izidan yuqoriga ko’tarilib yoz faslini oxirida xosil bo’ladi.
Qalpoqchasining diametri 3- 10 sm, tashqi tamonidan sarg’ish, sur rangdagi
tangachalar bilan qoplanadi. Zamburug’ tuproq orasida
bir biri bilan chalkashib
278
ketgan rizomorflarni xosil qilib, to’q jigar rangda ko’rinadi. Kasallik zamburug’
xosil qilgan rizomorflar vositasida tarqalib boshqa o’simliklarni xam zararlashi
mumkin. Kasallikning tarqalishida qalpoqchada xosil bo’lgan sporalar xam
asosiy rol o’ynaydi.
Zamburug’ning rivojlanishi uchun optimal xaraorat 20-25
0
S ni tashkil qilsa,
maksimum 35
0
S, minumum 6
0
S ni tashkil qiladi. Zamburug’ miseliysi
maksimum 26
0
S da ,minumum 8
0
S da yomon rivojlansa, 17
0
S xaroratda normal
rivojlanadi. Zamburug’ 60 %
namlikda normal rivojlansa, namlik miqdori
kamayganda yomon rivojlanadi. Namlik miqdori 20% da bo’lganda 18 kun
davomida saqlanganda miseiy yana nam joyga qo’yilganda tezda rivojlangan.
Namlik miqdori 40% dan kamayganda miseliy xosil bo’lishi to’xtaydi.
Zamburug’ miseliysining po’stloq va ildiz qoldiqlaridagi bo’laklari bilan
zaralantirilganda ikki oydan keyin kasallik belgilari xosil bo’lgan.