Tutning silindrosporioz kasalligi




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

Tutning silindrosporioz kasalligi. Kasallikni - 
Cylindrosporium macylans 
Jans
. Zamburug’i qo’zg’atadi. Kasallik 1814 yil Italiyada, 1918 yil O’rta 
Osiyoda, 1975 yil Respublikada aniqlangan. Kasallikni kelib chiqishi, iqtisodiy 
zarari va sistematika sini olimlardan S.F.Morozov, N.Mixaylov Ye.M. 
Ashkinadze kabilar o’rgangan. Kasallik belgilari bargning orqa tomonidan har xil 
shakldagi qo’ng’ir dog’lar hosil qilib uning atrofi qora hoshiya bilan konidial 
mog’or mevatanani hosil qiladi. Dog’lar hosil bo’lgan barglar vaqt o’tishi bilan 
sarg’ayib tushib ketadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi 25-27
0
S haroratda yaxshi 
rivojlanadi. Tut daraxtining silindrosporioz bilan zararlanishi 3 balli shkala bilan 
hisoblanadi. 1 ball - bargda kichik dog’lar paydo bo’ladi, 2 ball -bargning 25 
foizi zaralanadi, 3 ball- bargning 75 foizi zararlanadi. 
Kasallik kuchli rivojlangan yillarda bir tup tut daraxtidan 16-20 kg hosil 
olish o’rniga hosildorlik 4-8 kg/ga tushib ketadi. Kasallik bargda hosil bo’lgan 
konidiyalar hisobiga shamol va suv vositasida tarqaladi. Kasallikka Xasak, 
Saniish–3,5, Jar ariq navlari beriluvchan, Kokuso- 70, Sioziso, Vostok, Gruziya 
navlari chidamlidir. 
Qarshi kurash choralari: Tutzorlarga mo’ljallangan 1 ga yerda ko’chatlar 
soni 6600 tadan oshmaslik kerak, 1 ga tutzorga N-120-180. P-60-90. K-30-40 kg 
miqdorda mineral o’g’itlarni qo’llash kerak. Tutzorlarni tuprog’ini 25-30 sm 
chuqurlikda shudgorlash, ekinzorlardagi begona o’tlarga qarshi o’z vaqtida 
kurashish kerak va ularning qoldiqlarini yoqib tashlash lozim. Kasallik belgilari 
paydo bo’lgan tutzorlarni oltingugurt oxak eritmasi bilan ishlov berish (5 gradusli 
bunday eritma tayyorlash uchun 1 hissa oxak, 2 hissa oltingugurt,17 hissa suv 
zarur) uchun 1 tup tutga 2 l miqdorda eritma holida sepiladi. 


272 
Bu kasallikning nomlanishi xoldorlik so’zidan kelib chiqqan bo’lib, kasallik 
qo’zg’atuvchisi 
Cylindrosporium
zamburug’i xisoblanadi. Kasallik Yaponiya, 
Italiya, Bolgariya, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, 
Markaziy Osiyo, Kavkaz orti, Krim va Ukrainada keng tarqalgan. Bu kasallikni 
dastlab1814 yilda Italiyada,1918 yilda Markaziy Osiyoda, 1925 yilda Toshkent 
rayonida tarqalganligi aniqlangan (Zaprometov, 1950). 
Kasallikning tashqi belgilari dastlab barg yuzasida xar xil shakldagi qo’ng’ir 
rangdagi yumaloq dog’lar paydo bo’ladi.Bu dog’larning chegarasi barg 
tomirigacha bo’lgan joylarni egallab, atrofi xoshiya bilan o’raladi. Dog’ xosil 
bo’lgan to’qimalar nobud bo’ladi. Bargning orqa tamonida zamburug’ning 
miseliysida xosil bo’lgan konidiyalar bilan qoplanadi. Dog’lar dastlab xosil 
bo’lganda o’lchami 0,25 mm ni tashkil qilib, keyinchalik shakli yiriklashib boadi 
va oq rangdagi miseliy bilan qoplana di. Dog’lar barg tomiri bilan chegaralanadi. 
Bunday dog’larning o’lchami 4-15 mm ga yiriklashadi. Ba’zan dog’lar bir biri 
bilan qo’shilib 30-60 mm xajmni egallaydi. Barg yuzasidagi dog’lar soni 
kasallanish darajasiga qarab bittadan elliktagacha bo’lishi mumkin. Kasallangan 
barglar muntazzam sarg’ayib borib keyinchalik tushib ketadi. Kech kuzda tushib 
ketgan barg yuzasi dagi oq rangdagi miseliylar qora rangga kiradi. 
Kasallikni keltirib chiqaruvchi zamburug’larning sistematik o’rni to’g’risida 
dastlabki ma’lumotlar A.Yachevskiy (1917) tamonidan aniqlangan. Uning 
fikricha Takomillashmagan zamburug’lar sinfi, melankoviylar tartibiga mansub, 
Cylindrosporium
 turkumiga mansub 
S.maculans
turi kasallikni keltirib chiqaradi. 
Zamburug’ning xaltachali bosqichi O’rta Osiyoda kuzatilmasada, u tushib ketgan 
barglarda qishda xosil bo’ladi va 
Mycosphaerrlla mori (Fkl.) Lind
deb 
nomlaniladi. 
Bu zamburug’ parazit xayot kechirib, barg epidermisining ostki qismida 
stroma xosil qiladi. Stromada uzun ipchali konidiyalar etiladi. Stromalar shakli 
kichik, yumaloq, o’lchami 35-140 mkmni tashkil qiladi. Stromalar epidermisni 
yorib chiqqandan keyin zamburug’ning qisqa konidiya bandlari xosil bo’lib,unda 


273 
konidiyalar etiladi. Konidiyalar silindr shaklda bo’lib,qisman egilgan, rangsiz, 
uchi o’tmas, bir tamonga ingichka lashib boradi. Konidiyalar uchtadan 
beshtagacha to’siqchali bo’lib, ularda yog’ tomchilari xosil bo’ladi. 
Konidiyalarning uzunligi 34-52, qalinligi 3,8-4 mkm ni tashkil qiladi. 
Kasallikning kelib chiqishida 
Cylindrosporium maculans 
turidan tashqari 
Cylindrosporium moricola Jacz
., xam qatnashadi. Bu tur Tojikiston va AQSh 
ning sharqiy qismlarida kasallik keltirib chiqarishi aniqlangan. 
Cylindrosporium 
maculan
s zamburug’i bir tomchi suvda 5 soatdan keyin una boshlaydi. 
Konidiyaning unishi uchun optimal sharoit 19-27 
o
S , maksimal xarorat 35-37
o

ni tashkil qiladi. Zamburug’ konidiylari 27
o
S xaroratda 20 soatdan keyin to’liq 
unib chiqadi. Kondiyalarning unishiga yorug’lik ta’siri kuzatil maydi. 
Konidiyalar oxirgi xujayralaridan una boshlaydi. Ungan xujayralardan 200 mkm 
uzunlikdagi o’simtalar xosil bo’ladi. 
Zamburug’ni kasallangan o’simlik barglaridan ajratib olish uchun uni kichik 
bir bo’lagi strelizasiya qilingan nam kameraga joylashtiriladi. Bargning 
kasallangan yuzasida zamburug’ning oq rangdagi miseliysida xosil bo’lgan 
konidiyalar g’ubori xosil bo’ladi. Zamburug’ning bu konidiyalari strelizasiya 
qilingan suvda yuvib olinib, undagi konidiyalar mikro- biologik ilgak vositasida 
agarli oziqa ustiga ekiladi. 
Zamburug’ni o’stirish uchun pivoning suslosidan tayyorlangan agarli 
oziqasidan foydalaniladi. Oziqaga ekilgan konidiyalar bir biri bilan chalkashib 
ketgan miseliyni xosil qiladi. Miseliy qirralari dastlab kul rangda keyin qo’ng’ir 
rangdagi do’mboqlarni xosil qiladi. Bu do’mboqlarning chetlarida zamburug’ 
ko’p miqdordagi konidiyalarni xosil qiladi. Bu konidiyalar bargning tabiiy 
zararlanishidan xosil bo’lgandagi konidiyalarga shakli va kattalaigai bilan 
o’xshash bo’ladi. Suniy oziqa muxitida zamburug’ning qarishidan 
do’mboqchalar atrofi qoraya boshlaydi. Kultura ekilgandan keyin 20 kun o’tgach 
xlamidosporalar xosil bo’la boshlaydi. Xlamidosporalar shakli dumaloq, qator 
joylashgan bo’lib, chetlari yaxshi ifodalan magan, donador, o’rtasida o’lchami 


274 
7,5-11 mkm xajmdagi bir tomchi yog’ xosil bo’ladi. Ba’zan xlamidosporalar 
zanjirga o’xshab xosil bo’ladi. Bunday xlamidosporalar unganda zamburug’nin 
oq rangdagi miseliysidan tashkil topgan g’uborida konidiyalar xosil bo’ladi. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish