O’rgimchak kana–Epitetranuchus Telarius




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

O’rgimchak kana–Epitetranuchus Telarius. 
O’rgimchakkana qishloq 
xo’jaligi o’simliklarining va ekin-larining hamda yovvoyi o’simliklarning eng 
xavfli zararkunan-dalaridan biridir. Shu bilan birga tutning o’sish davrida, 
bahorda tut barglarining xosiliga 40% gacha zarar keltiradi. Bu zararkunanda 
tutdan tashqari 200 tur dan ortiq turli xil o’simliklarni zararlaydi. 
Qishlab chiqqan o’rgimchakkana ko’klamda uyg’onib turli xildagi begona 
o’t va yosh tut barglari bilan oziqlanib keyin chalik g’o’zaga ham o’tadi. 
O’rgimchakkana tut bargining ostki tomoniga yopishib barg shirasini so’radi, 
natijada barglarning yuzasida turli shakldagi dog’larni xosil qiladi, dog’lar asta-
sekin qo’ng’irlashib quriydi va erta to’kiladi, barglar to’kilgan novdalvrdan 
kuzgacha xam barg ko’karmaydi. 
O’rgimchaklar 
bo’g’imoyoqlilar 
tipi 
Xeliseralilar 
kenja 
tipi 
O’rgimchaksimonlar sinfi o’rgimchaklar turkimiga kiradi. Bularning o’rgimchak 
deb nom olishini sababi u o’zidan ipak tolasi ishlab chiqarib bargning yuzasini 
qoplaydi.


286 
O’rgimchak kanani oddiy ko’z bilan ko’rish ancha qiyin u juda mayda 
bo’lib, erkagini kattaligi 0,2-0,3 urg’ochilari esa, 0.4-0,5 mm keladi. Ranggi 
yozda ko’k-sariq, kuzda esa qizg’ish tusda bo’ladi, shuning uchun ham bu kana 
qizil tanalilar kenja turkumiga kiradi, ular juda keng tarqalgan. Voyaga yetgan 
kana larda 4 juft oyoqlari bo’ladi. Uning ustki va yon tomonlarida ikkitadan 
qoramtir dog’lari mavjud. 
O’zbekistonda o’rgimchakkana 12-18 martagacha avlod beradi. Otalangan 
urg’ochi kana, daraxtlarning po’stloqlari ostida, begona o’tlarning qoldiqlari 
orasida qishlaydi. U erta bahorda harorat 8-10 darajaga borganda uning birinchi 
avlodi tut va o’simliklarning yosh barglarini so’rib uni o’sishini susaytiradi va 
barg yaproqlari tagiga o’z tuxumlarini qo’yadi. 
Har bir urg’ochi o’rgimchakkana 140-180 tagacha tuxum qo’yadi, bu 
zararkunanda iyun, iyul, avgust oylarida juda tez ko’payadi, natijada tut 
ko’chatlari va daraxtlariga, shuningdek boshqa mevali daraxtlarga katta zarar 
keltiradi. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rgimchak kana–Epitetranuchus Telarius

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish