O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

Tut mo’ylovdori. (Tutovыy usach - Trichoferus campestris Fald).  
Bu qo’ng’iz yog’ochxo’rlar-Cerambycidae oilasiga mansub bo’lib 
qo’ng’izlaring kattaligi 3 mm dan to 50 mm gacha bo’ladi. Mo’ylovlarining 
uzunligi tanasini uzunligida ham ortadi. Bu zararkunandani qurtlari oq oyoqsiz
bosh tomoni yo’g’onlashgan. Ko’plab daraxtlarning terak, tol, olma va o’rmon 
daraxtlarini yog’ochlarini yeb katta zarar keltiradi. Tutning mo’ylovdor 
qo’ng’izini kattaligi 15-20 mm keladi.Qurtlari oq, oyoqsiz, silindirsimon shaklda 
bo’lib, daraxtlarning o’zak atrofini qobiqlarini yeb, daraxtlarning qurishiga sabab 
bo’ladi. Bu zararkunandaga qarshi kurash choralaridan biri agrotexnik jihatdan 


296 
to’liq parvarish qilish kerak. Bu ko’ng’iz qoramtir yoki to’q qo’ng’ir rangda. 
Oyoqlari va mo’ylovlari qizg’ish qoramtir. Qo’ng’izning tana uzunligi 15-20 mm. 
Erkagining mo’ylovlari urg’ochisinikiga nisbatan kaltaroq. Tanasining ustki 
qismi kulrang yoki qoramtir-kulrang tuklar bilan qoplangan. Urg’ochi hasharot 
daraxtlarning tanasiga tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar (qurtlar) 
po’stloq ostini kemirib teshib o’ziga yo’l ochadi. Kuzga borib ular daraxt 
tanasining ichki qismini ham teshib anchagina jiddiy zarar keltiradi va daraxt 
qurib qoladi. Ko’payish generasiyasi bir yillik (ba’zan ikki yillik bo’lishi ham 
mumkin). Lichinkalar po’stloq ostidagi o’zlari tayyorlagan beshikchalar 
(chuqurchalar)da g’umbakka aylanadi va o’sha joyda qishlab chiqadi. 
Qo’ng’izlarning tabiatga uchib chiqishi (Toshkent viloyatida) iyun oylarining 
boshida boshlanib, avgust oyigacha davom etadi. Avgust oyida ham bitta-ikkita 
vakillari uchrab turadi. Tog’li xududlarda esa dengiz sathidan balandligiga qarab 
kechroq bo’lishi mumkin. Ular asosan kechasi harakatlanadi, ba’zan yorug’da 
ham uchadi. Tut mo’ylovdori tut, yovvoyi va madaniy olma navlari, hamda 
boshqa mevali daraxt turlariga zarar yetkazadi. Lekin asosiy zararlaydigan daraxti 
tut hisoblanadi. P.P.Arxangelskiy ma’lumotlariga ko’ra tut mo’ylovdori O’rta 
Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, jumladan O’zbekistonning aksariyat tumanlarida 
qayd qilingan. Bundan tashqari bu zararkunanda Qirg’iziston va Tojikistonning 
voha va tog’ zonalarida ko’p uchraydi. Shuningdek, Primorye, Saxalin, 
Mongoliya va Xitoy o’rmonlarida ham keng tarqalgan.

Download 11,98 Mb.
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish