297
Tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Karantin obyekt. Bir yilda ikki
avlod beradi. Kechasi uchadigan oq kapalak. Ba’zan qornining orqa tomonida va
qanotlarida qora nuqtalari bo’ladi. Tanasn qalin oq tuklar bilan qoplangan.
Urg’ochisinnng qanotlari 25-36 mm tanasi oq mo’ylovlari qora yoki oq oyoqlari
sariq. Tuxumlarn yumaloq,
och yashil rangli, diamefi 0,5-0,7 mm. kichik yili
lichinkalari och sariq katta yoshlilari esa baxmalsimon-jigarrang. Katta yoshli
lichinkalarining tana uzunligi 30-35 mm. Tanasn
qalin uzun-uzun qora tuklar
bilan qoplangan. Lichinkalarning yon tomonida sariq polosalari bor.
104-rasm. Amerika oq kapalagi, lichinkasi.
G’umbagi avval sariq, keyinroq esa to’q-jigar rangga aylanadi. Uzunligi
10-15mm. G’umbaklari daraxt yoriqlarida. Qurigan o’t-o’lanlarda, yashiklarda,
yer yuzida kesak va toshlar tagida qishlab chiqadi.
May va iyun oylariga borib
g’umbaklardan yosh kapalaklar uchib chiqadi va daraxt barglarining ostki
tomoniga 300-500 tadan to’p-to’p qilib tuxum ko’yadi. Bitta kapalak bir
mavsumda 1500-2000 tagacha tuxum qo’yadi. 10-15
kundan keyin tuxumlardan
yosh lichinkalar chiqadi. Yosh lichinkalar barglarnnng yumshoq qismi bilan
oziqlanadi. Katta yoshli lichinkalar esa daraxt barglarini butunlay yeb qo’yadi.
Lichinkalar koloniya bo’lib yashaydi. Ular 45-50 kun davomida oziqlanadi.
Shundan so’ng ular daraxt yoriqlari va boshqa yashirin joylarda g’umbakka
aylanadi.
Iyul va avgust oyiga borib ikkinchi avlod vakillarining kapalaklari paydo
bo’ladi. Ikkinchi avlod urg’ochi kapalaklari yana ham serpusht bo’ladi. Ular 2500
298
tagacha tuxum qo’yadi. Ikkinchi avlod lichinkalari kuzgacha oziqlanadi va
g’umbakka aylanadi. Ba’zi yoz issiq kelgan yillari
uch avlod berishi ham
mumkin. Uchunchi avlod lichinkalari oziqlanishga ulgurmaganda esa nobud
bo’ladi.
Yevropada Amerika oq kapalak yiliga ikki nasl beradi. Ba’zan joylarda
uchinchi
marta ham nasl bergan, lekin bu naslning qurtlari qora sovuqda o’lib
qoladi.