294
bo’ladi g’umbakdan kapalaklar chiqib, ular kechalari o’simlik gullarining
nektarlari bilan oziqlanadi. Urg’ochi kapalaklar otalangach o’simlik barglarining
ostki tomoniga tuxumlarini qo’yadi, ayrim xollarda esa ular tuxumlarini kesaklar
orasiga ham qo’yadi. Tuxumdan chiqgan qurtlar faqat kechalari oziqlanib
kunduzi tuproq orasida bekinib yotadi.Ko’k qurt tunlami bizning sharoitimizda
uch marta avlod beradi. Ayniqsa ularning birinchi avlod bahorda ekilgan tut
urug’ining o’sib chiqayotgan maysalarini yeb bitiradi. Keyingi avlodlari esa
yozda sepilgan urug’ maysalarini yeb katta zarar keltiradi.