• Kemiruvchi zararkunandalar.
  • Tut parvonasi – Diaphania Pylolis.
  • Tut qalqondori – Pseudolacaspsis Pentadona Targ




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet156/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Tut qalqondori – Pseudolacaspsis Pentadona Targ. Bu zararkunanda 
    mamlakatimiz uchun karantin obyekt hisoblanib, Kavkaz oldi mintaqalarida 
    tarqalgan. Zararkunan da asosan tut daraxtlariga katta zarar keltiradi. 


    288 
    Tut qalqondorining urg’ochi 1,2-2,5 mm kattalikda bo’lib, uning formasi 
    yumaloq, ranglari oq yoki sarg’ish kulrangda bo’ladi. Lichinkalarning ranglari 
    yoshlariga qarab turlicha bo’ladi, birinchi yoshda sariq, ikkinchi yoshdagisi esa 
    qizg’ish-jigarrang. Erkaklarning qalqonlari urg’ochisinikiga qaraganda maydaroq, 
    oqimtir yo’li bo’ladi. Urg’ochi hasharot to’liq yetishma gan nimfa davrida 
    qishlaydi. 
    Urg’ochi hasharotni mart oylarida erkaklari uchib kelib otalantiradi. Mart 
    oylarining oxiri, aprelning boshlarida urg’ochi hasharotlar tut barglarida 
    to’planishib barglarning shiralarini so’rib oziqlanadi. 
    Zararkunandaga qarshi kurash uchun karantin joylardan tut ko’chatlari 
    olinmaydi, olingan ko’chatlar esa tekshiruvdan o’tkaziladi. Zararkunandaga 
    qarshi biologik usul bo’yicha uning kushandasi Prospoltella berlesei How. 
    entomafagdan foydalaniladi. (L.V.Voronkov va bosh., 1986). 
    Kemiruvchi zararkunandalar. Kemiruvchi hasharotlarning og’iz apparati 
    kemiruvchi tipda tuzilgan bo’lib, ular o’simlik ildizlarini, mevalarini, po’stloq va 
    yog’ochlik qatlamlarini, barg va gullarini kemirib oziqlanadi. Bularga tut 
    parvonasi, tut odimchisi, ko’k qurt tunlami, buzoqboshi qo’ng’iz, tilla qo’ng’iz, 
    Amerika oq kapalagi, uzun mo’ylovdor qo’ng’izlari kirib tut daraxtiga
    tutzorlarga, tut ko’chatzorlariga katta zarar keltiradi. 
    Tut parvonasi – Diaphania Pylolis. Kemiruvchi zararkunandalarning 
    ichida tut parvonasi Respublikamizda tutning asosiy zararkunandalaridan biri 
    bo’lib, Respublikamiz xududida 1993 yildan boshlab ayrim tumanlarda juda katta 
    zarar yetkazdi.Ma’lumki tut bargi ipak qurtining birdan bir oziqasi hisoblanadi. 
    Respublikamizning olimlari va qishloq xo’jaligi xodimlari oldida pillachilikni 
    rivojlantirish mo’l-ko’lchilikni vujudga keltirish uchun muhim vazifalardan biri 
    pilla sifatini yaxshilash, pilladan mo’l hosil olish hisoblanadi. 
    Tut parvonasining Surxondaryo tutzorlariga qirg’in, ofat keltirayotganiga 10 
    yildan oshdi. Hozirgi vaqtda Respublikamizning barcha viloyatlarida 
    tarqalgan.Tut parvonasi kapalaklar yoki tanga qanotlilar turkumining parvona 
    kapalaklar oilasiga kiradi. Bu hasharot Markaziy Osiyoda jumladan 


    289 
    O’zbekistonda oldin uncha ko’p uchramagan bo’lsada 1997 yilning sentyabr 
    oyida tut daraxtlariga katta zarar keltirayotgani to’g’risida xabar tarqaladi. 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tut qalqondori – Pseudolacaspsis Pentadona Targ

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish