105-rasm. Amerika oq kapalagi – Hyphantria cunea Drury.: 1-erkak
imagosi; 2-urg’ochi imagosi; 3- 4- 5-qurti; 6-pilla; 7-g’umbagi; 8-g’umbakning
orqasi; 9-urg’ochisining gentaliysi; 10 –erkagining gentaliysi.
O’zbekistonga transport vositalaridagi yuk bilan zararkunan da kelib
qolmasligi uchun aeroportlarda, temir yo’llarda, bojxonalarda karantin
inspektorlari sinchiklab tekshiradilar. Oq kapalak tarqalgan joylarda xazonni yo’q
qilish va zararkunanda tushgan yerlarni kuzda shudgorlab qo’yish kerak.
Amerika oq kapalagiga qarshi kurashish uchun asosiy chora-zararkunanda
tushgan yerlarni mikrobiopreparatlar bilan ishlov beriladi.Entobakterin 3 kg/ga,
bitoksibasillin 2 kg/ga, dendrobasillin 3 kg / ga, lepidosid 1 kg / ga, dipel 0,5 kg /
ga. Zararkunandalar qurtlari ko’ringandan boshlab daraxt tanalari po’stloqlari va
299
shoxlari xlorofos yoki metofos, hamda fazolon yoki fosfomid preparatlari
purkaladi. Biologik kurashda dendrobasillin, entobakterin suspenzilari sepiladi.
Bulardan tashqari hozirgi paytda virus preparatlari bilan qarshi kurash yo’llari
ham sinovda tekshirib qurilmoqda (A.V.Voronkov va bosh., 1986).
Amerika oq kapalagi ikkinchi jahon urushi vaqtida Yevropaga Shimoliy
Amerikadan olib kelingan 200 dan ortiq daraxt va buta turlarini zararlaydi.
jumladan olma, nok, olxo’ri, olcha, gilos, behi, yong’oq bo’zina, ryabina (chetan),
zarang, lipa va boshqa yaproq bargli daraxt va butalarga jiddiy zarar keltiradi.
Shamol, suv va transport (ekish materiallari bilan) orqali uzoq masofalarga
tarqalmoqda. Bu zararkunanda har xil iqlim sharoitiga moslashuvchan bo’lib
deyarli hamma joylarga tarqalmokda.
Tengsiz ipak qurti – Ocneria dispar L. Zararkunandaning qurtlari mevali
va o’rmon daraxtlarini zararlaydi, asosan dubni barglari bilan oziqlanadi hamda
tutning barglarini ham yeb ship-shiydon qilib qo’yadi. Bular Yevropaning janub
tomonida Perm, Kavkaz, Sibir, Uzoq sharq, O’rta Osiyo, Xitoy, Koreya va
Yaponiyalarda keng tarqalgan.
Hasharotning kapalagi erkak va urg’ochilari bir birlaridan keskin farq qiladi,
shuning uchun ham tengsiz ipak qurti deb ataladi. Ularning erkaklari qanotlarini
yozganda 35-45 mm bo’lsa urg’ochilarini qanotlari 65-75 mm keladi.
Urg’ochi kapalaklarning oldingi, qanotlarida 3-4 ta qoramtir kundalang
chiziqlar bo’lib, orqa qanotlari oq-sarg’ish, qorin qismi juda yo’g’on quyuq
qo’ng’ir jigarrang tukchalar bilan qoplangan. Erkaklarning oldingi qanotlari to’q
kulrang ko’ndalanggiga zigzaksimon ketgan chiziqlari bor.
Tuxumlari yirik 1-1,2 mm kattalikda, 250-600 tadan to’p qilib turli
daraxtlarning tanasiga qo’yadi, tuxumlari qo’ng’ir sarg’ish tuklar bilan qoplangan
bo’ladi.
Qurtlari 60-80 mm qo’ng’ir kulrang bo’lib uzinasiga ketgan ingichka sariq
chiziqchasi bo’ladi. Uning har bir segmentini tepasida 2 ta sungalcha, birinchi
sigmentdan beshinchi segmentgacha kulrang qolganlari esa qizil. G’umbaklari
18-37 mm kattalikda qung’ir-qizil rangda bo’ladi.
|