• Buzoqbosh qo’ng’izlar.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet161/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

     
    103-rasm. Ko’k qurt.1 – kapalagi; 2-qurti; 3-g’umbagi; 4-5 zararlantirishi. 
     
    Ko’k qurt tunlamiga qarshi kurash choralari. Bu qurtga qarshi choralardan 
    biri agrotexnik choralar bo’lib, ekinlar orasidagi va ariq hamda yo’l bo’ylaridagi 
    begona o’tlarni yo’qatish, o’z vaqtida ekinni sug’orish, o’g’itlash maqsadga 
    muvofiqdir. Biologik usulda entobakterin-3 preparati bir necha marta qo’llaniladi. 
    Bundan tashqari tunlamning kushandasi-trixogrammani ko’klamgi urug’ sepilgan 
    niholzorlar 2-3 kun oralatib 3 martadan tarqatiladi ya’ni uchiriladi. Bir gektar 
    maydonga 60 ming atrofida trixogramma kapalaklari uchiriladi. Shu bilan birga 
    ko’k qurtga qarshi virus preparati VIRINOS ga kunjara qo’shib oziqa 
    tayyorlanadi. Bu oziqani tayyorlash uchun kunjara virus eritmasi bilan nomlanib 
    1 kg preparat 1 litr suvga solinadi. Yerga sepish oldidan 50% virus suspenziyasi 
    bilan namlanadi. Bunda 10 kg kunjaraga 5 l suspenziya qo’shilib, qo’shilgan 
    preparatdan 200 gramm olinib 1000 litr suvga solinib purkaladi. Kunjara virus 


    295 
    eritmasi bilan namlangan xo’rak-oziq bir tekisda solinadi, bu tajriba sinab 
    qurilgandan keyin 5-6 kun o’tgach 90% ko’k qurt nobud bo’lganligi aniqlangan. 
    Buzoqbosh qo’ng’izlar. Bu zararkunanda qo’ng’izlarning respublikamizda 
    Polyphulla adrersa Motsch, Polyphulla tridentata Reitt va Melolontha aftilicta 
    Ball turlari tuproqda yashab tut ko’chatlarini, tut daraxtlarini ildizlarini yeb ularni 
    o’sishdan qoldiradi hatto yosh ko’chat va tutlarning butunlay quritadi. 
    Zararkunandalarning qo’ng’izlarini kattaligi 20-35 mm gacha bo’lib, ranggi 
    jigar rang, ko’krak qismi esa tanasiga nisbatan to’q jigarrang, biqini atrofida 
    rangli dog’lari bor. Qorin tomoni tukchalar bilan qoplangan.Qurtlari juda semiz, 
    sernam tuproqda 20 sm chuqurlikda, quruq tuproqda esa 60 sm gacha chuqurlikda 
    qishlaydi. Qo’ng’izlari bahorda o’simliklar barg yozgan vaqtda ucha boshlaydi. 
    Qo’ng’izlari odatda quyosh botgandan keyin kechasi uchadi. Erkak, urg’ochi 
    qo’ng’izlar qo’shilgandan keyin urg’ochilari otalangan tuxumlarini tuproqga 20 
    sm chuquriga 20 donagacha qo’yadi. 
    Qurtlari 3-4 yil qishlaydi, birinchi yili go’nglar bilan oziqlansa ikkinchi yili 
    tuproqni yutib oziqlanadi. Ikkinchi yil qishlab chiqgan qurtlari o’simliklarni 
    ildizlarini kemirib oziqlanadi. Bu zararkunanda uchinchi yoshda juda katta zarar 
    keltiradi. Qurtlarni uchinchi yoki to’rtinchi qishlovdan keyin g’umbakga 
    aylanadi. Bularning generasiyasi muxitning obi-havosiga bog’liq bo’lib to’rt yoki 
    besh marta bo’lishi mumkin. Buzoqbosh qo’ng’izlarga qarshi kurashish uchun 
    asosan tuproqni inseksidlar bilan zararlab ularni lichinkalarini o’ldirish mumkin.

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish