• 00053) http://iqtisodiyot.tsue.uz SOLIQ QARZINI UNDIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
  • Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar: Soliq to‘lovchilar, soliqlar va yig‘imlar, soliq qarzi, soliq qarzi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari. Abstract
  • Key words: Tax payers, taxes and fees, tax debt, a business entity with a tax debt. Kirish
  • Soliq qarzini undirish mexanizmini takomillashtirish




    Download 433.69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana01.03.2023
    Hajmi433.69 Kb.
    #43885
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    38 Khakimov
    5048098483 (4)


    “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil 
    348 
    3/2021 
    (№
     
    00053)

     
    http://iqtisodiyot.tsue.uz
     
     
    SOLIQ QARZINI UNDIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH 
    YO‘LLARI 
     
    Hakimov Ulug‘bek Furqat o‘g‘li 
    TDIU mustaqil izlanuvchisi 
    E-mail: 
    Security777@inbox.uz
      
     
    Annotatsiya:
     Mazkur maqolada yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning, 
    shu jumladan jismoniy shaxslarning soliq qarzlari tahlil qilingan. Soliq qarzi bo‘yicha xorijiy 
    va mahalliy olimlarning fikr va mulohazalari o‘rganilgan. Shuningdek, davlatimizda soliq 
    qarzlarini kamaytirish va samarali undirish mexanizmini takomillashtirish borasida taklif va 
    tavsiyalar shakllantirilgan. 
    Kalit so‘zlar: 
    Soliq to‘lovchilar, soliqlar va yig‘imlar, soliq qarzi, soliq qarzi mavjud 
    bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari. 
    Abstract:
     
    In this article tax debts of legal entities and individual entrepreneurs
    including individuals where analyzed. Opinions of foreign and domestic scholars about tax 
    debts were studied. In addition, suggestions and recommendations are given about reducing 
    tax arrears and improving the mechanism of effective collection in our country. 
     
    Key words: 
    Tax payers, taxes and fees, tax debt, a business entity with a tax debt. 
     
    Kirish 
    Bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tadbirkorlikni 
    jadal qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda soliq tizimini ham keng rivojlantirishga qaratilgan. 
    Soliq tizimi, soliqlar - davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda eng samarali 
    vositalaridan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki 
    yillaridanoq barcha sohalar singari soliq sohasida ham ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. 
    Ushbu masala yuzasidan olib borilgan ishlar nafaqat soliqlar va yig‘imlarni undirish orqali, 
    balki soliq qarzdorligini kamaytirgan holda davlat budjetini to‘ldirishga qaratilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi aynan soliqlar 
    hisobidan shakllanishi bizga ma’lum. Soliqlar belgilangan muddatda va to‘liq hajmda tushishi 
    davlat miqyosida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlarning ya’ni budjet va maqsadli 
    jamg‘armalarning xarajat qismini o‘z vaqtida moliyalashtirishga xizmat qiladi. 
    Shunday bo‘lsada, hukumat tomonidan pandemiya davri inobatga olinib soliqlardan 
    tadbirkorlik subyektlariga bir qator imtiyoz va yengilliklar berildi. Xususan, O‘zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-mayda “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va 
    tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar 
    to‘g‘risida”gi PF-5996-sonli farmonlariga asosan kichik tadbirkorlik subyektlari yer va mol-
    mulk soliqlaridan, shu jumladan mazkur soliq turlari bo‘yicha penya va jarimalardan ozod 
    qilindi [1]. 
    Bu borada davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev “Davlat korxonalariga va 500 mingdan 
    ziyod tadbirkorlik subyekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66 trillion so‘mlik soliq 
    imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy 
    yordamlar berildi. 



    Download 433.69 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 433.69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Soliq qarzini undirish mexanizmini takomillashtirish

    Download 433.69 Kb.
    Pdf ko'rish