-rasm. Tutning un shudring kasalligi




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

98-rasm. Tutning un shudring kasalligi. 
 
Zamburug’ning konidiyali bosqichini Ovulariopsis erysip hoides Pat.et 
Hariot deb nomlanilib konidiya bandlari uzunligi 30-240 mkm, kengligi 4,5-7 
mkm ni, konidiya uzunligi 42-94, kengligi 18- 27 mkm ni tashkil qilib va 
ularning yig’indisi unsimon g’uborni xosil qiladi. Zamburug’ning kleystokarpli 
bosqichi Phyllactinia suffultta Sacc. f. moricola Jacz. deb nomlanilib, konidiyalar 
xosil bo’lgandan bir oy muddat o’tgandan keyin xosil bo’ladi. 
Zamburug’ning kleystokarpiylari yumaloq shaklda bo’lib, yon tomonidan 5 
tadan nurlar tarqalib turadi. Nurlar qattiq, yaltiroq, uchi o’tkir, asosi kengaygan 
shaklda bo’ladi. Kley stokarpiylar xosil bo’lgan dastlabki bosqichida uning rangi 
sariq, keyin kulrangga kirib keyin qorayadi. Xar bir kleyto kapiylarda 5 tadan 40 
tagacha ellipsoid shakldagi uzunchoq, tilla rangli qisqa oyoqchali ikkitadan 
askosporalar etiladi. Kleystokarpiylarning o’lchami quyidagicha: diametri 162-
240 mkm, bandlar uzunligi 102-315 mkm, kengligi 102-315 mkm ni tashkil 


276 
qilsa, xaltachalarning uzunligi 51-84 mkm, kengligi 27- 37 mkm, askosporalarni 
uzunligi 24-43 mkm, kengigi 16- 22 mkmni tashkil qiladi. 
Kasallikning namayon bo’lishini quyidagi ballar bilan xisoblanadi:I- ball 
bargda oq g’uborlar siyrak joylashgan;II- ball bargdagi g’uborlar bir biri bilan 
birlashib, bargning 50% yuzasini qoplaydi;III- ball barg yuzasi butinlay g’ubor 
bilan qoplangan. 
Kasallik qo’zg’atuvchisi tutda kleystokarpiylar xosil qilib qishlaydi. Ular 
dastlab bargda xosil bo’ladi. Kleystokarpiylar miqdorini N.G.Zaprometov 
ma’lumotlariga asosan bargdagi tarqalishini xisoblash asosida quyidagi raqamlar 
aniqlangan: 
I- ball bargning 1 sm
2
yuzasida 129 ta kleystokarpiylar; 
II- ball bargning 1 sm
2
yuzasida 149 ta kleystokarpiylar; 
III- ball bargning 1 sm
2
yuzasida 193 ta kleystokarpiylar; 
O’rtacha ball bargning 1 sm
2
yuzasida 
153 
ta 
kleystokar- 
piylar;O’simlikning bitta bargida mavjud kleystokarpiylar soni 4128 tani tashkil 
qiladi. Ular o’simlikning nafaqat bargida, balki tuproqda va novdalarda xam 
saqlanadi. Novdadagi 1 sm 
2
yuzada 125 tagacha kleystokarpiylar xosil bo’ladi. 
Kleystokarpiylar miqdorini vegetasiya davomida o’zgarib borishini quyidagi 
jadvalda berilgan: 

Download 11,98 Mb.
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish