O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

Tutning un shudring kasalligi. Un shudring kasalligi Italiya, Yaponiya, 
Xindiston, Birma, Madagaskar, Mozanbik, Xitoy, AQSh davlatlarida keng 
tarqalgan. Kasallik qo’zg’atuvchisi Phyllactinia suffultta Sacc. zamburug’i 
xisoblanib, AQSh da Uncinula geniculata Gerard, Yaponiyada Uncinula mori 
Miyake turi keltirib chiqaradi. Respublikamiz sharoitida un shudring kasalligini 
N.G.Zaprometov, Ye.M.Ashkinadze kabi olimlar o’rganishgan.
Kasallik asosan maxalliy navlar xasakni kasallantirib, tutning bargini va 
barg bandida namayon bo’ladi. Kasallangan barglarning ostki qismida oq 
rangdagi unsimon rangdagi g’ubor paydo bo’ladi. Dog’lar bargning 100 % 
yuzasini qoplab olishi mumkin. Dog’ xosil bo’lgan yuzang ustki qismida jigar 
rangdagi dog’lar paydo bo’lib, bargning ostida zamburug’ning jinsiy hujayralari 
qo’shilib kleystotesiylarni hosil qiladi. Sporaning rivojlanishidan hosil bo’lgan 
miseliy tut bargidagi og’izchalar orqali barg ichkarisiga kirib, barg orqa 
tomonida unsimon oqish mog’or barg yuzasida qo’ng’ir dog’ hosil qiladi. 
Kasallik yapon navlarida zaifroq namayon bo’lib, mog’or miqdorining 
kamligi bilan xarakterlanadi va bagning 1-4 % yuzasini qoplab oladi xolas.Barg 
yuzasida xam bargning jigar rangga kirishi ancha zaif bo’ladi. 
Kleystotesiylar barg orqasida oqish rangdagi nuqtachalar tarzida ko’rinadi. 
Ularning hosil bo’lishi tut daraxtining qishlash davriga to’g’ri keladi. 
Kleystotesiylarda 
10-40 
tagacha 
askosporalar 
yetiladi. 
Kleystotesiylar 
kasallangan o’simlik qoldiqlari bilan tuproqqa tushib, iyul-avgust oylarida 
sog’lom o’simliklarni kasallantiradi. Bu kasallikka Xasak, Kokuso-70, Kokuso-
13, Kenuru navlari beriluvchan, Tojikiston urug’siz tuti, Baliq tuti, O’zbekiston, 
Vostok navlari chidamsiz bo’ladi. 
Kasallik qo’zg’atuvchisi Phyllactinia suffultta Sacc. zamburug’i xaqiqiy 
parazit xisoblanib, faqat tutni kasallantiradi va konidiyali hamda kleystokarpiya 


275 
shaklida ko’payish bosqichlarini o’tadi. Konidiyali bosqichida zamburug’ 
bargning orqa qismidan barg ustisalari orqali kirib kelib, uzun, uchki qismiga 
kengaygan, ko’ndalang to’siqchali konidiya bandlarini xosil qiladi va oxirida 
to’g’nog’ichsimon, noksimon ellips shaklidagi konidiyalarni xosil qiladi. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish