|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T Pdf ko'rish
|
bet | 140/175 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 11,98 Mb. | | #99770 |
Bog'liq Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlariAsosiy tushunchalar: Tut daraxti kasalliklari va zararkunandalari. Bakterial
kasalliklar. zamburug’ kasalliklari. Tutning vilt kasalligi. Xloroz kasalligi. Ildiz
chirish kasalligi. Po’kak kasalligi. Kam uchraydigan zamburug’ kasalliklari.
Virus kasalligi. Mikoplazma kasalligi. Yuqumsiz kasalliklar. Tut kasalliklariga
qarshi kurash choralari.
Etologik klassifikasiyaga asosan kasalliklarni ikkita guruxga bo’linadi.
1. Yuqumsiz kasalliklar. 2. Yuqumli kasalliklar.
Yuqumsiz kasalliklar o’simliklarga ekologik muxitning abiotik faktorlari,
harorat, namlik, zaxarli moddalar natijasida vujudga keladi.
Yuqumsiz kasalliklar o’simliklarga abiotik faktorlarning ta’siriga qarab
quyidagi guruxlarga bo’linadi.
1. O’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan sharoit yoki
tuproqdagi oziq moddalar yetishmasligi yoki ko’pligidan kelib chiqadigan
kasalliklar.
260
2. Metereologik faktorlarning ta’siri natijasida vujudga keladigan kasalliklar.
3. Mexanik ta’sir natijasida vujudga keladigan kasalliklar.
4. Havoning tarkibidagi zararli moddalar ta’sirida vujudga keladigan
kasalliklar.
5. Ion nurlari ta’sirida vujudga keladigan kasalliklar.
Yuqumli kasalliklar o’simliklarga patogen mikro organizmlar ta’siri
natijasida vujudga keladi. Yuqumli kasalliklar biotik faktorlar ta’siri natijasida
vujudga kelib, quyidagi guruxlarga bo’linadi.
1. Zamburug’lar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
2. Bakterial kasalliklar.
3. Virus kasalliklari.
4. Mikoplazma kasalliklari.
5. Nemetodalar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
6. Gulli parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T
|