• Barg tarkibidagi suv.
  • Bargning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun namuna tayyorlash




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet136/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Bargning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun namuna tayyorlash. 
    Bargning kimyoviy tarkibi faqatgina tut navi, parvarish darajasi, qurtga 
    foydalanish usullari va boshqa shart-sharoitlarga qarab emas, balki yana har bir 
    daraxtdagi novdalarda bargning joylanishi va tutning yoshiga qarab o’zgaradi. 
    Namuna barglar o’rtacha bo’lishligi uchun har xil yerda o’suvchi buta va baland 
    tanali tutzorlardan alohida-alohida hamda shox-shabbasining ichki qismi va 
    shimol, janub, sharq, g’arb tomonlarida joylashgan novdalarning pastki, o’rta va 
    yuqori qismlaridan barglar bandsiz chimdib tayyorlanadi. Namuna massasi 
    tutzor, maydonning katta-kichikligiga qarab 1-3 kg atrofida bo’lishi kerak. 
    Bargdagi dastlabki namlikni aniqlash uchun yangi tayyorlangan bargdan ikki 
    marta 50 g dan o’lchab olinadi va qolgan hamma kimyoviy elementlar quritilib, 
    tolqon qilingan namunadan aniqlanadi.
    Agar barg tarkibidagi moddalar dinamikasi o’zgarishini o’suv davomida 
    o’zgarish lozim bo’lsa, namunalar ma’lum muddatlar o’tishi bilan yoki ipak 
    qurtining yoshiga qarab tayyorlangani ma’qul. Oziq moddalarining kecha-kunduz 
    davomida o’zgarishini bilish uchun barglarni ertalab, peshinda va kuchqurun 
    (kun botish oldidan) yig’ish lozim.
    Namuna tayyorlashda maxsus jurnal tutilib, unga barg tayyorlangan maydon 
    nomi, tut navi, tutzor xili, tayyorlash soati, kun, oy, yil, havo harorati va namligi, 
    tutzorni oxirgi sug’orilgan kuni va tutzorda qo’llanilgan agrotexnik tadbirlar 
    yozib qo’yiladi. 
    Barg tarkibidagi suv. Barg tarkibidagi suv tut daraxti va uni iste’mol 
    qilgani ipak qurtida ro’y beradigan modda almashinishini boshqarib borishda 
    muhimdir. Jumladan, suv qurt to’qimalaridagi protoplazmalarni hosil qilish
    mineral va organik moddalarni eritib organizmning hamma qismlariga yetkazib 
    berish, nafas olish hamda tana haroratini rostlab turishda katta ahamiyatga ega.


    253 
    Ipak qurtini tanasining 80-85% ini suv tashkil qilganligi uchun uni barg 
    tarkibidagi suvga talabi katta. Barg tarkibidagi suv miqdori tutning o’sishi 
    davrida kamayib, uni pishishi esa ortadi, ya’ni fizik xossalari ham o’zgaradi. 
    Masalan, ko’klamda yangi o’sib chiqqan barglarda 75-80% namlik bo’lsa, 20-25 
    kundan keyin, bargning pishishi bilan, ya’ni qurtning to’rtinchi-beshinchi 
    yoshida namlik kamayib, 68-70% ni tashkil etadi. 
    Barg tarkibidagi suv quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
    A= X+Z 
    Bunda: A-bargdagi suv, % ; X-dastlabki namlik, %; Z-ho’l barg tarkibidagi 
    gigroskopik suv miqdori, % . 
    Z quyidagi formula yordamida topiladi: 
    Z=(100-X)xY/100 
    Bunda: Y-quruq barg tarkibidagi gigroskopik suv miqdori, % . 
    Barg tarkibida suvdan tashqari yana mineral (kul) va organik moddalar 
    mavjud. Mineral moddalarga kalsiy, fosfor, kaliy, oltingugurt, natriy, xlor, 
    magniy, temir, ftor va boshqa moddalar kiradi. Ular to’qima protoplazmalarining 
    tuzilishida, to’qimalarning hayotiy faoliyatida, barg shirasining nordon – 
    ishqoriyligi (RN) ning o’rta (neytral) darajada bo’lishida va qurtning ipak 
    chiqarish jarayonida katta rol o’ynaydi. 
    Barg tarkibidagi kul miqdorini tekshirishda uni “xom” kul deb atalib
    quyidagi formula bo’yicha % hisobida aniqlanadi: 
    X= 100 x v / a x (1-0,1R) 
    bunda: X – quruq modda tarkibidagi kul elementlari, %; 
    a – tahlil qilish uchun olingan namuna miqdori, g; 
    v – olingan “xom” kul modda, g; 
    R – tahlil qilinuvchi moddaning tarkibidagi namlik, %. 
    Tajribalar natijasida ipak qurti extiyojini to’liq qondirish uchun barg 
    tarkibidagi “xom” kul va undagi elementlar ko’klamdan kuzgacha quyidagi 
    miqdorda bo’lgani ma’qul. 100 g absolyut quruq modda hisobida, %. 


    254 
    “Xom” kul .................................................... 8 – 20 
    Kaliy ........................................................... 1,6 – 2,2 
    Kalsiy ....................................................... 2,8 – 3,5 
    Kaliyning kalsiyga bo’lgan nisbati .... 0,4 – 0,6 
    Fosfor ........................................................ 0,3 – 0,4
    Kalsiyning fosforga bo’lgan nisbati .. 8 – 13
    Qattiqlik koeffisiyenti ......................... 3,5 – 5,0
    Qurtning barg yeyishi tufayli tanasida to’plangan yog’ moddasidan uning 
    oziq iste’mol qilmaydigan – pilla o’rash, g’umbak va kapalak davrlarida kraxmal 
    sifatida foydalaniladi. 
    Barg tekshirilganda “xom” yog’ aniqlanib, u quyidagi formula yordamida 
    hisoblanadi: 
    X= 100 x a / v x (1-0,1R) 
    bunda: X – xom yog’ miqdori, %; 
    a – xom yog’ og’irligi, g; 
    v – quruq holatdagi tekshiriluvchi namunaning og’irligi, g; 
    R – quruq holatdagi moddaning namligini, % hisobida ifodalaydi. 
    Barg sifatini aniqlashda biologik usul, uning kimyoviy tarkibini tekshirish 
    bilan bir qatorda, bargning fizik xususiyatlarini ham sinashga urinib ko’rilgan. 
    Bunday qo’shimcha ko’rsatkichlardan foydalanishga sabab, bargning kimyoviy 
    tarkibining o’zgarishi bilan uning fizik xususiyatlari, ya’ni pishish jarayoni 
    o’rtasida uzviy aloqadorlik borligidir. 
    Bargning pishish davrida undagi keskin o’zgarishni hisobga olib, Yaponiya 
    olimlari bargning u yoki bu xususiyatlarini aniqlash yo’li bilan barg sifatiga baho 
    berishga harakat qilishgan. Shunday usullaridan biri ma’lum sathdagi barg 
    og’irligini belgilash orqali uning fizik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
    Umuman bargning fizik xususiyatini aniqlashda quyidagi uch usul 
    qo’llaniladi: 1. Ma’lum sathdagi barg og’irligi; 2. Maxsus apparat orqali bargning 


    255 
    pishiqligini aniqlash; 3. Kolorometrik usul bo’yicha bargning yetilganligini 
    bilish.

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bargning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun namuna tayyorlash

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish