O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

Kerakli materiallar va jihozlar: Uslubiy qo’llanmalar, tut bargi 
tasvirlangan jadvallar, tut barglari namunalari, tut shoxlarini kesishda 
qo’llaniladigan asboblar. 
Asosiy tushunchalar: Bargning oziqlik sifati uni ipak qurti tomonidan 
yeyilishi va hazm qilish darajasi hamda pirovard natijasi ipak massasini hosil 
qilish miqdori bilan belgilanadi. Bargning oziqlik sifati bilan uni iste’mol qilgan 
qurt o’ragan pilla massasi va ipak miqdori o’rtasida uzviy musbat aloqadorlik 
mavjuddir. 
Barg sifati murakkab tushuncha bo’lib, u bargning fizik xossalari va 
tarkibidagi kimyoviy elementlarning miqdorigina emas, balki sifati hamda ularning 
o’zaro nisbatiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shuning uchun, hozirgi vaqtda barg 
tarkibidagi oqsil va qand moddalarining miqdori bilan bir qatorda ularning sifati 
ham biokimyoviy usullar yordamida tekshirilmoqda.
Bargning oziqlik sifatini o’rganish tut daraxtining parvarish qilish 
agrotexnikasi, tut bargidan ipak qurtiga foydalanish va yangi navlarni yetishtirish 
tadbirlarini takomillashtirishda katta ahamiyatga egadir. Barg oziqlik sifatining 
o’zgarishi tut daraxtlarini parvarish qilish darajasi, qurtning yoshi va uni yil 
davomida necha marta boqilishiga qarab bargdan foydalanish, tutzorni maxsus 
tayyorlash usullari hamda har bir qurt boqish muddatiga mos keladigan tut 
navlarini yetishtirish va boqish sharoitlari bilan bevosita bog’liqdir. 


251 
Bargning oziqlik qiymati 3 xil usulda: biologik, ya’ni qurt boqish orqali, 
kimyoviy – barg tarkibidagi oziq moddalar va elementlarni aniqlash, fizikaviy- 
bargning fizik xossalarini belgilash orqali aniqlanadi. Bularning ichida biologik 
usul asosiy hisoblanib, qolgan ikki usul birinchisi uchun qo’shimcha ma’lumot 
olishga xizmat qiladi. Shu bilan birga barg sifati bir vaqtning o’zida shu uchala 
usul bo’yicha aniqlanishi talab etiladi.

Download 11,98 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish