241
Baland tanali tutzorga ham ikki yillik baquvvat ko’chatlar ekilishi kerak.
Tutlar ekilib bulgach juyaklar olib darxol birinchi suv beriladi.
Mavsum davomida ikki marta mineral o’g’itlar gektariga №120 kg R-60-90
kg, K-30 kg beriladi, 3-4 marta traktor bilan oraligi yumshatilib,
daraxt atrofi
ketmon bilan 10-15 sm chuqurlikda ag’dariladi, 7-9 marta sug’oriladi.
Baland tanali tutzorga ko’chatlarni ekish va buta tutzordagi daraxtlarga shakl
berish.
90-rasm. Baland tanali tutzorga ko’chat ekish.
91-rasm. Buta tutzordagi tutlarga shakl berish.
Baland tanali tutlar ekilgan yildan boshlab 3 yil davomida shakl berib borish
mumkin, ko’pincha adabiyotlarda tutlarga bargidan foydalanish vaqtidan boshlab
shakl berib borish kerak degan fikrlar aytiladi. Lekin juda ko’p holda 95-98 %
242
tutlarga xech qanday shakl berilmaydi, sababi ipak
qurtini boqish davrida vaqt
yetishmaydi, so’ngra barg qirquvchini o’zi bilmaydi, nechta novda va qancha
balandlikda qoldirib qirqishni shuning uchun
eng yaxshisi yakka qator qilib,
baland tanali tutzorlardagi tutlarni ekilgandan boshlab shakl berish kerak, ana
shunda 6 kallakli 2 yarusli, 12 kallakli 3 yarusli tutlar o’stirishi mumkin.
Bunday shakl berilgan tutlar kuchli bo’ladi, kassallan-maydi,
barg hosili
sifatli va mo’l bo’ladi.
Demak, birinchi yoki ikkinchi yili 3 ta shoxda 2 tadan novda qoldirib,
qolganini yulib olib ipak qurti uchun foydalaniladi, kelgusi
yili bunday tutlarni
shu holatda qoldirilsa, 6 kallakli bo’ladi, agarda yana shakl berish davom
ettirilsa, 6 ta novda yana 2 tadan baquvvat o’sgani qoldirilsa 3 yarusli 12 kallakli
tut bo’ladi. Xozirgi paytda respublikamizda shakl berilgan tutlar qancha bor desa,
biron
kishi aniq ayta olmaydi, har bir viloyatda barmoq bilan sanay oladigan
darajada mavjud. Demak tutlarga shakl berishni har bir xo’jalikda 1 yoki 2 ta
kishi shug’ullansa yetarli.