236
tut qalamchalarini bahorda shira harakati boshlanguncha qadar tayyorlangani
ma’quldir.
Qalamchalarni ekish oldidan ko’mib qo’yish. Xibbimov ma’lumoti
bo’yicha (1979), mart oyining birinchi o’n kunligida qalamcha tayyorlanadigan
ona tutzordan bir yillik novdalar qirqib olinib ular ochiq yerga o’tkazishga qadar
uch-to’rt hafta davomida nam tuproqka 50-60 sm chuqurlikda ko’milib saqlanadi.
Bu esa qalamchalarni ekish muddati, qachon tuproqning harorati 18-20 S’ ni
tashkil etganida ma’qul bo’ladi.
Tut qalamchalari yotiq holatda va qiya qilib ekiladi. qalamchalarni yotiq
holatda ekish uchun ularning uzunligi 30-40 sm, qiya qilib ekilganida 15-20 sm
bo’lishi kerak. qalamchalar yerga ekilgandan keyin 10-15 kun o’tgach kesilgan
pastki qismida qadoq hosil bo’la boshlaydi. qalamchalarning kambiy to’qimasi-
dan dastlabki sariq rangdagi ingichka ildizchalar hosil bo’ladi.