• Tutni ochiq yerda yog’ochlashgan qalamchasidan ko’paytirish. Yog’ochlashgan qalamchalar tayyorlanadigan Ona tutzorni tashkil qilish.
  • Tur tarkibi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Tut 
    daraxtlarini 
    qalamchalaridan 
    ko’paytirish. Tut daraxtlarini 
    ko’paytirish borasidagi dastlabki ma’lumotlar o’tgan yuz yillikning ikkinchi 
    yarmida paydo bo’la boshladi. 
    Qalamcha qilib ekish tut daraxtlarini ko’paytirishdagi bir muncha yangi 
    usullardan sanaladi. Tut daraxtlarining qiyinchilik bilan ildiz oladigan turlarini 
    qalamchalaridan ko’paytirish usullari ko’p bo’lishi bilan birga, lekin bo’larning 
    hammasi uchun mu’tadil darajadagi harorat, namlik va aerasiya sharoitlarini 
    yaratishga, qalamchalarni ildiz oldirish jarayonida asosan tegishli haroratni 
    vujudga keltirishga tarqaladi. Tutchilikda qo’llanilishi mumkin bo’lgan 
    usullardan bargli qalamchalarni parniklarda yoki polietilen pardalar ostida 


    232 
    yetishtirish va ularning yogochlashgan bargsiz qalam-chalarini parniklarda yoki 
    bo’lmasa ochiq yerda ildiz oldirish usullari farq qiladi. 
    Tutni ochiq yerda yog’ochlashgan qalamchasidan ko’paytirish.
    Yog’ochlashgan qalamchalar tayyorlanadigan Ona tutzorni tashkil 
    qilish. Tut navlari qaysi usul bilan yaratilishidan qat’iy nazar ularni ko’karishi 
    yoki ildiz olishi, ya’ni vegetativ yo’l bilan ko’paytirish imkonini bo’lishligi, 
    shuningdek, ipak qurtlarini boqish uchun doimiy novdalari kesib turilishi va 
    boshqa maqsadlarda foydalanilishi bilan qiymatli sanaladi. 
    Qalamcha tayyorlash uchun Ona tutzor buta shakldagi o’z ildiziga ega 
    bo’lgan klon yo’li bilan ko’paytirilgan, tumanlash-tirilgan navlar va duragay 
    tutlardan tayyorlangan qalamcha-lardan ekilib barpo etiladi. 
    Tur tarkibi: M. Alba Linn, M. Multcailis Perr, M. Bombycis Koidr, M. 
    Kagaymac Koide. 
    Nav tarkibi: O’zbek, Oktyabr, Pioner, Payvandi, Tojikiston urug’siz tuti, 
    Balxi tut, Kokuso-70, SANIISh-42, sovuqga chidamli, Mankent, Mirzacho’l-6, 
    Surx tut duragaylar: SANIISh - 5 x Pioner, Kokuso 70xPioner, Pobeda x Pioner. 
    O’z ildiziga ega bo’lgan duragay tutlarni qalamchadan ko’paytirish ishlari 
    yaxlit (butun) va yirik barglari bilan ajralib turadigan, novdalari to’g’ri o’sadigan 
    nihollarni tanlashdan boshlanadi. Tanlangan nihollar 0,25 x 0,70 m li tasvir 
    (sxema) bo’yicha joylashtiriladi. O’simlikni qaytadan qalamchalash uchun har 
    yili ularning bir yillik novdalari tuproq sathi balandligida kesib turiladi. 
    Dastlabki vegetativ generasiyalashni navbati bilan qalamchalash orqali 
    o’simlik nasli olinadi. O’z ildiziga ega bo’lgan o’simlikni keyinchalik 
    qalamchasidan ko’paytirish yo’li bilan ildiz olishi yuqori bo’lgan ekish 
    materiallari olinadi. 
    Tutlarni qiyin ildiz oladigan navlarini qalamchasidan ko’paytirishda Ona 
    tutzorlarning yoshi va holati katta ahamiyatga egadir. qalamchalar tayyorlash 
    yuqorida aytilgan navlar va duragay tutlarning halqalangan bir yillik 


    233 
    novdalaridan 30-40 sm li qalamchalar (fevral, martni boshida) ekish uchun yer 
    yetilguncha ko’mib qo’yiladi. 
    Yer yetilgach 0,90 x 0,40 m li tasvirda (sxemada) ekiladi. Ildiz olguncha 
    tez-tez sug’oriladi, o’sib chiqqach novdalar to’liq qoldirilib xech qanday shakl 
    berilmasdan o’stiriladi. Kelgusi yili erta bahorda bir yillik novdalar qirqiladi. 
    Qirqilgandan keyin ko’plab yangi novdalar o’sib chiqadi, ana shu novdalarning 
    bo’yi 15-20 sm ga yetganida tik va baquvvat o’sganidan bir to’pda 6-7 tasi 
    qoldiriladi. Bular 25 iyuldan 5-10 avgustga viloyatlar iqlim sharoitiga qarab 
    halqalanadi. Halqalangan novdalar har yili kesilib ko’chatzorga ekish uchun 
    qalamchalar tayyorlanadi. 
    Tut daraxtlarini qalamcha qilib ekishda o’z ildiziga ega bo’lgan ko’chatlar 
    yetishtirish muddatlari va ekish materiallari uchun ketadigan harajatlar ancha 
    kamayadi. Ma’lumki, o’z ildiziga ega bo’lgan daraxtlar qalamcha qilib 
    ko’paytirish yo’li bilan olinib, bu xildagi daraxtlar ildiz tizimining kuchli 
    darajada rivojlanganligi, yuqori hosildorligi, uzoq xayot kechirishi va tashqi 
    muhitning noqulay sharoitlariga bardosh berishi bilan farq qiladi. Ular kesilgan 
    qismini ildiz tizimining kuchli rivojlanganligi tufayli osonlik bilan qayta tiklab 
    oladi. Bu har qaysi nav daraxtlarga xos bo’lgan xususiyatdir. 
    Lekin shuni aytish kerakki, tut daraxti qiyinchilik bilan ildiz oladigan 
    o’simliklardir. Shunga ko’ra qalamchalarining ildiz oluvchanligi tut 
    daraxtlarining tur tarkibi va navdorligi xususiyatlariga, ona o’simliklarning 
    yoshiga va mazkur daraxtning biologik xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish