|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T Pdf ko'rish
|
bet | 126/175 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 11,98 Mb. | | #99770 |
Bog'liq Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlariTut qalamchalari. Qalamchalar o’simlikning yer ustki navlaridan /
yog’ochlashgan va yashil / va ildizdan olingan bo’lishi mumkin.
Qalamchalarning
ildiz
olishiga
o’simlik jinsining ta’siri. Ona
o’simliklardan olingan qalamchalarda, erkak o’simliklardan olingan
qalamchalarga qaraganda kesilgan joylarini bitib ketishi va ildiz olish qobiliyati
yuqori bo’ladi. Lekin erkak o’simliklardan qalamcha qilib tayyorlangan ekish
materiallari qiymatli sanalib, ipak qurtlari ana shu barglar bilan boqilganda
234
ularning qurtlik davri qisqaradi va pillasining og’irligi 1-7 % ga ortadi. (I. P.
Gryabina, 1962)
86-rasm. Bargli tut qalamchalarini sun’iy tuman sharoitida ildiz oldirish.
O’simliklarning o’sishida ikki qutblik (polyarnost) va o’zaro bog’liqligi.
qalamcha tabiiy holda ildizlarini pastki uchidan chiqargani holda, kurtaklari
yuqorigi uchidan bo’rtib chiqadi (N. P. Krenke, 1940 ). Shuningdek qalamchalar
yotqizilib ekilganda, undan asosiy ildizlar qalamchaning bazal qismidan (paski
qismidan) hosil bo’ladi, ya’ni bunda uzunasiga qutblilik kuzatiladi, lekin
qalamchaning yer ustki qismi (kurtagi) unib yer yuzasiga chiqquncha tuproqda
bo’lganligi tufayli ham ularda ustki qismi bilan yer ostki qismi o’rtasidagi
korrelyasion bog’lanishni buzadi. Bunda oziq moddalar ildiz tizimi orqali uning
kuchsizlangan yer ustki qismi tomon oqib boradi. Xalqalangan novdalarning
jadal o’sishi va kuchli assimilyasiya qilish qobiliyati novdaning xalqalangan
joyida ko’plab oziq moddalar to’plash imkonini beradi. qalamchadan ildiz olgan
buta to’plarda kuchli ildizlar hosil bo’lib va kelasi yili tut daraxtidan
foydalanilgandan keyin yana kuchli rivojlangan ildiz tizimi korrelyasion
bog’liqlik munosabatida o’simlikning yer ustki qismlari juda tez qayta tiklanadi.
Bunda kurtaklar yaxshi o’sib, undan ko’plab baquvvat yetilgan novdalar
rivojlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T
|