223
omborga qo’yish oldidan 10 kun ichida va ikkinchi marta urug’ning belgilangan
talablarga to’liq javob beradigan muddati tugashidan bir oy oldin tekshiriladi.
Bunda namuna har bir qopning ustki, o’rta va ostki qismidan g’allachilikda
ishlatiladigan maxsus asbob bilan yoki chodirga 10 sm qalinlikda sepilib, uning
10-15 joyidan qo’lda qismlab olinadi. Ikkala usulda olingan jami dastlabki
namuna urug’ 500 g atrofida bo’lishi kerak.
Dastlabki olingan 500 g namuna urug’
yaxshilab aralashtiriladi, so’ngra
tekis yerga sepilib, 3 sm qalinlikgacha to’rtburchak holatda bir tekis yoyiladi.
Shundan so’ng dioganal bo’yicha 4 ta uchburchakka bo’linadi. Bir-biriga
qarama-qarshi bo’lgan ikkita burchakdagisi qoldirilib
qolgan ikkitasi olib
tashlanadi.
Qoldirilgan urug’lar qayta aralashtiriladi va yana 4 ta uchburchakka
bo’linadi va yuqoridagi hol takrorlanadi. Mana shu jarayon 50 g urug’ qolguncha
takrorlanadi. 50 g dan qolgan ikkita o’rtacha namuna urug’ qog’oz xaltachaga
solinadi, og’zi so’rg’ichlanadi va unga yoriq bog’lanadi. Bu xaltachalar urug’
sifatini tekshiruvchi Davlat sinov stansiyasiga yuboriladi. Har bir o’rtacha
namuna urug’ga ikki nusxada hujjat yoziladi.
Hujjatda: a) namuna urug’ni
yuborayotgan xo’jalikning nomi va manzili : b) urug’ tayyorlangan joy, kun, oy
va yil; v) namunaga olingan bir partiya urug’ning vazni; g) urug’ saqlanadigan
ombor, uning namligi, harorati; d) urgochi - erkak tut juftlari (duragay ) ning
nomi; ye ) mas’ul shaxsning ismi, familiyasi va imzosi kuyiladi, hamda
tashkilotning muxri bosiladi.
Yuboriladigan urug’ namunalari ko’p bo’lganida hujjatning o’rniga ikki
nusxada ro’yxat tuziladi. Ro’yxatning bittasi urug’ni tekshiruvchi laboratoriyaga
junatilib, ikkinchisi yuboruvchida qoladi.
Laboratoriyada urug’ning tozaligi va unib chiqish foizi, urug’ning ko’karish
kuchi - energiyasi (urug’ning 5-6 kun davomida unadigan miqdori), urug’ning
o’rtacha unmay yotadigan davri, mingta urug’ning og’irligi (absolyut og’irlik),
224
urug’ning sog’lomligi tekshiriladi. Bu ko’rsatgichlar aniqlanib bo’lganidan keyin
urug’ga xo’jalik qiymati xaqidagi guvohnoma beriladi.
Laboratoriyada tut urug’ining sifati ikki marta: birinchi yozda urug’lar
tayyorlangandan keyin(may, iyun) ikkinchisi ekish oldidan (fevral, mart)
tekshiriladi. Bunda urug’ning tozalik va unib chiqish darajasi, urug’ning mutloq
og’irligi, xo’jalik qiymati, hamda 1 gektarga ekiladigan urug’ miqdori aniklanadi.