199
74-rasm. Ko’p yillik tut tanasining tuzilishi.
Tut tanasida oziqa modda almashinish jarayonlari va to’qimalarni
bajaradigan vazifalari. Barcha o’simliklarning
tanasi avvalo hujayra va
to’qimalardan tashkil topgan. Xujayra tashqi tamondan qobiq (po’st) bilan
o’ralgan, ichi esa shilimshik va ransiz moddadan iborat bo’lib
sitoplazma deb
ataladi. Sitoplazma hujayradagi modda almashuvni boshqaradi. Sitoplazmadan
tashqari o’simlik-ning yana bir elementi yadro hisoblanib u o’simliklarning
ko’payishini, irsiy belgilarini saqlash, hamda nasldan naslga o’tkazish vazifasini
bajaradi. O’simlik hujayrasida yana plastid, mitoxondriyalar ribosoma va boshqa
elementlar ham bor.
Tut tanasida mexanik to’qimalar bo’lib u tanani
mustah-kam saqlab turish
va har xil mexanik ta’sirlardan: sinish, egilish, cho’zilish kabilardan ximoya
qilish uchun xizmat qiladi.
Tutni yoshi ulg’ayib borgan sari ularda mexanik to’qima shuncha aniq
ko’rina boshlaydi. Masalan, daraxtning tanasi kuchli, pishiq bo’lib borishi, ya’ni
tanaga birikkan
shox - shabba-larni saqlab, shamol ta’siriga bardosh bera
olishligi va x.k.
200
Mexanik to’qima hujayralari tirik va o’lik bo’lishi, ba’zan juda qalinlashgan
va qobiqlari yogochlangan bo’lishi mumkin. Mexanik to’qimalar hosil qilgan
hujayralar shakliga qarab 3 guruxga bo’linadi:
1. Kollenxilla - tut daraxtini usayotgan qismlarida bo’ladi.
2. Sklerenxima - o’lik hujayralardan iborat bo’lib, ular o’simlikni tanasida
joylashgan lub tolalari, har xil gazlamalar va yigiril. buyumlar ishlash.Mas.
zigir, konop va boshqa o’simliklarda.
3. Sklereoid ( tosh hujayra ) - sklereoidlar shaftoli, o’rik, olxuri danagida
bo’ladi.
2. Bir yillik tut novdasining po’stlog’i sirt
tomonidan bir necha qator
hujayralardan tuzilgan epiderlik (po’st) va kutikula bilan qoplangan bo’ladi.
Yozning ikkinchi yarmida epidirmis yo’qolib, uni o’rnida perederma (po’kak)
to’qima paydo bo’ladi. Pustloqning epidermis tagida 4-5 qator hujayralardan
tashkil topgan mexanik to’qima -
kollenxima joylashgan. Kollenxima ichi
moddalar bilan to’lgan tirik hujayralardan iborat. Bu to’qimadan keyin po’stloq
parenximasi
joylashib, unda kraxmal, oksil va kand kabi oziq moddalar,
hamda
kalsiy oksalit kristallari bo’ladi. Undan keyin to’p - to’p bo’lib o’rnashgan qalin
pustli
perisikl tolalari, dastlabki po’stloq va ikkilamchi po’stloq to’qimalari o’rin
olgan. Tut ikki yoshga o’tgach tanasida ikkilamchi to’qimalar hosil bo’la
boshlaydi.
Birinchi yili paydo bo’lgan to’qimalar birlamchi ikkinchi yili va bundan
keyingilari ikkilamchi deyiladi.Tananing ichida o’zak nurlari bo’lib u parenxima
hujayralaridan iborat, ular ham xuddi yog’ochlik parenximasi kabi oziq
moddalarni to’plash hamda ularni yo’nalishda harakat etishi uchun xizmat qiladi
Yog’ochlik to’qimasi o’zak bilan birgalikda tananing markaziy silindrini tashkil
etadi.