-rasm. Barg shapolog’ning ustki (a) va ostki (b) epidermis to’qimasi




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

 
77-rasm. Barg shapolog’ning ustki (a) va ostki (b) epidermis to’qimasi 
 
78-rasm. Tut bargaining ko’ndalang kesimi. 1-kutikula qavati, 2-epidermis 
to’qimasi, 3-yashil tusli ustunsimon tuqima, 4-yashil tusli labsimon to’qima, 5-
qopchiqsimon modda sistolit, 6-og’izchalar. 


205 
 
Tut bargida sodir bo’ladigan fiziologik jarayonlar, hamda ularning 
tashqi muxitga bog’liqligi. Atmosferada kiska zangori - binafsha nurlar uzun 
kizil nurlarga nisbatan kuchliroq yutilib, atmosfera suv bug’i (bulut) chang va 
tutun bilan qancha ko’p tuyingan bo’lsa, bu nurlar shuncha ko’proq yutiladi. 
Tarqoq yorug’lik qizil nurlar atmosferaga nisbatan ko’proq bo’lib, ularni o’simlik 
yaxshi o’zlashtiradi. 
Quyosh radiasiyasining kuchi ham o’simliklarning fotosinteziga, o’sish va 
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Kuyosh radiasiyasining kuchlanishi sutka 
davomida ham o’zgarib turib, tushki soatlarda maksimumga yetadi. Mu’tadil 
iqlimli rayonlarda eng ko’p fotosintez odatda, eng katta quyosh radiasiyasiga 
to’g’ri kelib, bu holat tushki soatlarda ruy beradi. Janubiy rayonlarda esa kunning 
issiq soatlarida fotosintez jarayoni sustlashib, ertalab va tushdan keyin eng 
ko’pga yetadi. 
Yorugliksevar o’simliklarda, jumladan tut daraxtida fotosintez yorug’lik 
tezligining ortishiga mutanosib ravishda o’sadi va yorug’lik to’g’ri tushib 
turganda eng ko’p bo’ladi. 
Fotosintez jarayoni quyidagicha ruy beradi. Xavoda aralashgan karbonat 
angidrid bargdagi mayda teshikchalar (lablar) orqali uning ichiga kiradi. 
Bargdagi suvda karbonat angidrid erib, so’ngra xlorifill donachalari bo’lgan 
ustunsimon parenxima to’qima hujayralarining ichiga o’tadi. quyosh nuri 
ta’sirida xlorifill donachalaridagi karbonat angidrid bilan suv qo’shilib, yangi 
organik modda - uglevod hosil bo’ladi. 
Uglevodlar o’simlikning butun organlari uchun oziq va energiya manbaidir. 
Ular o’simlikning tana va ildizlarida yangi to’qimalarning vujudga kelishi va 
o’sishga yordam qiladi. 
Kuzda uglevodlar zapas holda to’planib, kuklamda esa yangi organlarni 
hosil qilishga sarflanadi. 
O’simlikda fotosintez jarayonining tezlik darajasi birinchi navbatda 
bargning morfologik va anatomik tuzilishiga ta’sir qiladi. Buni Yaponiya ilmiy 


206 
tekshirish muassasalari va O’rta Osiyo Ipakchilik ilmiy - tadkikot institutida olib 
borilgan tajribalardan kurish mumkin. Jumladan, yorug’lik yaxshi tushgan tut 
bargida ustunsimon parenxima to’qimalari ko’p qatorni tashkil etib, barg seret, 
kand va oksil moddalarga boy bo’ladi. Binobarin, bunday barglarning 
to’yimliligi yuqori bo’lganligidan ipak qurti og’ir va sifatli pilla o’raydi. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Barg shapolog’ning ustki (a) va ostki (b) epidermis to’qimasi

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish