Tut ildizining tashqi va ichki tuzilishi




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

Tut ildizining tashqi va ichki tuzilishi. Tutni asosiy organlarini tashqi va 
ichki tuzilishining bilmasdan uni parvarish qilish va barg sifati, hamda hosilini 
oshirish qiyindir. Tutni asosiy a’zolaridan biri ildiz bo’lib uning ichki va tashqi 
tuzilishining o’zgarib borishi, unga kullaniladigan agrotexnika, yoshiga, tashqi 
muxit omillariga bog’liq bo’ladi. 
Ildiz tashqi tuzilishi jihatidan asosan 3 xil bo’ladi: 1) o’q ildiz; 2) patak 
ildiz; 3) qo’shimcha ildiz- o’simlik qalamcha yoki parxish yulli bilan 
ko’paytirilganda. 
Urug’idan o’stirilgan niholchalar o’q ildizli bo’ladi. Nixolcha va ko’chat 
ikkinchi joyga ko’chirib o’tkazish natijasida o’q ildizli xususiyati yuqoladi, ya’ni 
kovlab olish vaqtida yerda qolib ketadi. Yangi joyga ekilganida ko’plab yon 
ildizlar hosil qiladi, natijada sochiq ildiz xususiyatini oladi. 
Demak, tut urug’ining mo’rtagidan (ildiz hujayrasidan) rivojlanib ildiz hosil 
bo’ladi. Yangidan hosil bo’lgan yosh ildizchalar dastlab tanaga nisbatan tez 
rivojlanadi. Ana shu dastlabki chiqqan ildizning boshlanishi asosiy ildiz 


193 
hisoblanib yer yuzidagi tana bilan tutashadi. Tutni ostki va ustki qismining 
birlashgan joyiga ildiz bugzi deyiladi 
Asosiy ildizdan dastlab birinchi tartib yon ildizlar paydo bo’lib, bo’lardan 
ikkinchi va keyingi tartibdagi ildizlar rivojlanadi. Asosiy va hamma yon ildizlar 
birgalikda tutning ildiz tizimini(sistemasini) hosil qiladi. Yon ildizlarning hosil 
bo’lishi o’simlikning yaxshi o’sishini ta’minlaydi. 
Asosiy va yon ildizlardan tashqari tut novdasidan kushimcha ildizlar paydo 
bo’lishi mumkin. Tut tanasining pastki qismi nam tuproq bilan ko’milgan bo’lsa 
yoki qalamchasi ekilganda hosil bo’lga-nida bunday ildizlar qo’shimcha ildiz deb 
yurgiziladi (ataladi). 
Tutning yoshi kattargan sayin ildizning tashqi tuzilishi kattarib, pastga 
chukurlikka va yon taraflarga qarab ko’proq oziqa yig’ib olish uchun o’sib 
yo’g’onlasha boshlaydi. 
Katta yoshdagi baland tanali va buta shakldagi tut daraxtlarining ildizi 
chukurlikka va yon tarafga qarab ko’p shoxlangan bo’ladi. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tut ildizining tashqi va ichki tuzilishi

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish