183
TUT DARAXTINING SISTEMATIKASI VA UNING GEOGRAFIK
TARQALIShI
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarni hozirgi zamon o’simliklar
sistematikasining vazifasi va usullari hamda tutni umumiy o’simliklar
sistematikasidagi tutgan o’rni bilan tanishtirish.
Topshiriqlar:
1. O’simliklar sistematikasiga oid dastlabki ma’lumotlarni o’rganish.
2. Tut daraxti sistematikasi va asosiy turlarning
geografik tarqalishini
o’rganish.
3. Tut Morus avlodi asosiy turlarining ta’rifini o’rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar: Adabiyotlar, jadvallar,
rangli tasvirlar,
laboratoriya mashg’uloti ishlanmalari.
Asosiy tushunchalar: O’simliklar sistematikasi kishilarning hayotiy talabla-
rini qondirish yo’lida qilingan mehnati natijasida vujudga keldi.
O’simliklar dunyosining kelib chiqishi, bir-biri bilan qarindoshlik darajasi,
o’zaro munosabati va tarixiy rivojlani-shiga qarab klasifikasiya qilindi, ya’ni
qadimiy geologik davrdan boshlab xozirgacha yetib kelgan barcha o’simlik
guruhlariga bo’linib, evolyusion tarakkiyot nuktai nazaridan sistemaga solinadi.
O’simliklar hakida, xususan ularning shifobahsh xususiyatlari to’g’risida
ko’p ma’lumotlar to’plangan bo’lsa ham, lekin ularni
ilmiy klassifikasiyasi
keyinroq ishlandi. Chunki uyg’onish davriga kadar sistematika sohasidagi ishlar
Teofrast, Dioskorid kabi olimlarning izohlashi bilan cheklangan.
O’rta asrda O’zbekistonda Buxoroni Afshona qishlog’ida tavvalud topgan
jahon faniga juda katta xissa qo’shgan buyuk mutafakkir
va mashxur olim Abu
Ali ibn Sinoning dastlab 1020 yilda nashr etilgan “Alkonuni.tib, ya’ni (Medisina)
“Tibbiyot qonunlari” nomli besh tomli ajoyib asari fanning taraqqiy etishiga katta
turtki bo’ldi. Bu asar medisinaning barcha sohasini o’zida mujassamlashtirgan
bo’lib, o’z tajribalari va kuzatuvlarini bayon etgan.
184
Kitobning ikkinchi qismi dori-darmon sifatida qo’llaniladigan o’simlik,
hayvon va mineral moddalarga bag’ishlanadi, 400
dan ortiqroq dorivor
o’simliklar ta’riflanib ularning shifobaxsh xususiyatlari ko’rsatilgan. Bu kitob
Yevroppaning barcha universitetlarida vrachlar
uchun medisinada asosiy
qo’llanma bo’lib keldi.
Italiyalik botanik Andrea Sezalpin (1519-1603) birinchi bo’lib, ilmiy asosda
o’simliklar dunyosining sistematikasini yaratdi. U 1583 yilda nashr etilgan “
O’simliklar xaqida 16 kitob” nomli asarida o’simliklarning 1500 turini
ta’riflaydi, shularning qariyib yarmi shaxsan o’zi to’plagan o’simlik bo’lib,
ularning bir qanchasi yangi Sezalpingacha tasvirlanmagan turlar edi. U har qaysi
turni qisqacha ta’riflab, o’simliklar bir butun organizm degan g’oyani
oldinga
suradi.