177
Agarda kasallanish 0,001 dan 0,05 foizni tashkil etsa, bunda bitta
qutiga 50 tadan kapalak izolyasiya qilinadi. Bunday vaqtda qutichaning
bo’yi 30, eni 20 va balandligi 7-8 sm bo’lishi kerak.
12
Tegishli adabiyotlarda kapalaklarni 25 tadan izolyasiya qilish to’g’risida
aytib o’tilgan, ammo kasallanishning ruhsat etilgan aniq chegarasi
ko’rsatilmagan. Qutichalarni birmuncha boshqa
kattalikda tayyorlash mumkin,
ammo bunda har bir kapalak uchun yuza sathi 12 sm
2
dan kam bo’lmasligi kerak.
Kapalaklarni qutichalarga solishda sanab emas, balki og’irligi bo’yicha, buning
uchun har, bir partiyadan olingan namunani tortish bilan bitta kapalakning
o’rtacha og’irligi aniqlanadi.
Kapalaklar qutichaga solingach, uning qopqog’i
tezda berkitilib, unga
partiya nomeri, duragayni nomi, kapalakni izolyasiya kilingan kuni yoziladi.
Qutichaning qopqog’i ham xuddi shunday materiallardan yasaladi va unda havo
o’tishi uchun teshikchalar qilinadi (qog’ozni teshish mashinada bajariladi).
Bunday qutichalardan foydalanilganda ypyg’ qoldirish boshlanganidan 12-
20 soat o’tgach, quticha ochiladi, hamma kapalaklar yig’ilib, emulsiya
qilinmagan pergament yoki yarim pergament qog’ozdan
yasalgan qutichaga
solinadi, ammo uning tagi mayda teshilgan, bo’yi va eni qutichaga nisbatan 1 sm
kichik bo’lishi kerak. Shunday qilib qutichadagi emulsiya qilingan qog’ozda
faqat birinchi sutkada qoldirilgan urug’lar bo’ladi. Qolgan hamma urug’lar
emulsiya qilinmagan qutichada qoldiriladi va shu qog’ozga yaxshi yopishtirilgan
bo’ladi, bu uni birinchi sutkada qoldirilgan uruqqa aralashib ketishini oldini
oladi.
Qutichani kapalaklar va urug’ bilan maxsus tayyorlangan so’rilarga yoki
ularni 6-10 tadan qilib bog’lab izolyasion xaltachalar solingan to’rlar osiladigan
simlarga ilib qo’yiladi. Zichlashtirilgai holda kapalaklarni izolyasiya qilish
pebrina bilan kasallangan materialni to’la brak kilish imkoniyatini kamaytiradi.
12
12
2.
Kamal Jaiswal
/
Sunil P. Trivedi
/
B. N. Pandey
:MoricultureAph Publishing Corporation (2009)
178
Shu nuktai nazardan kapalaklarni 1-2 tadan xaltachalarga izolyasiya qilish eng
yaxshisi hisoblanadi.
Ammo bu usul ko’p mehnat talab qilishini hisobga olib urug’chilik
korxonalarida mehnat sarfini kamaytirish maqsadida
kapalaklarni bitta
xaltachaga undan yuqori zichlikda 3-5 tadan izolyasiya qilish qo’llanmokda.
Agarda kapalaklarni 3 tadan izolyasiya qilishda 10x15 sm kattalikdagi xaltacha
yetarli bo’lsa, kapalaklarni 5 tadan izolyasiya qilish uchun 21x13 sm kattalikdagi
xaltachalar zarur (xaltachalar tayyorlash uchun olingan qog’ozning eniga qarab
ularning kattaligi birmuncha o’zgarishi mumkin).
Xaltachalar pergament qog’ozidan tayyorlanadi,
xaltachaning ichki yuzasi
sovun emulsiyasi bilan qoplangan bo’lishi kerak. Sovun emulsiyasi bilan qoplash
qog’ozni xalta kattaligida kesgunga qadar amalga oshiriladi va quritiladi. Bu
ishni qo’lda (qog’ozning yuzasini emulsiya bilan qoplash) qog’oz varag’iga
cho’tka bilan yoki maxsus mashinada emulsiya surtib bajarish mumkin va
quritish uchun ularni bino ichiga osib qo’yiladi. Bu usul ko’p mehnat talab qiladi
va hozirgi vaqtda keladigan o’ralgan qog’ozga maxsus mashinada sovun
emulsiyasi surtiladi (400 g kir sovunga 3 l suv). 10x12 sm kattalikdagi 10 0000
izolyasiya xaltachalariga taxminan 150 l sovun emulsiyasi kerak bo’ladi. Ikki
marta emulsiya surtish yaxshi natijalarni beradi, bunda emulsiya bilan koplangan
qog’oz quritilib, u ikkinchi marta emulsiya bilan qoplanadi va yana quritiladi.
Bunday qog’ozdan urug’ oson ko’chadi. Emulsiyaga
biroz ziyonsiz buyoqdan
qo’shilishi tavsiya etiladi, chunki keyin qog’ozni emulsiya surtilgan tomonini
emulsiya surtilmagan tomonidan ajratish oson bo’ladi.