170
aniqlandi. Asaka urug’chilik zavodida mavjud texnologiya ya’ni kapalaklarni
izolyasiya xaltachalarida doimo saqlash qiyoslovchi variant vazifasini o’tadi.
Ona kapalaklarning dastlabki sutkada qo’ygan
tuxumlari har uchchala
duragaylarida mavjud usulga nisbatan birmuncha pastroq ko’rsatkichlarga ega
ekani ma’lum bo’ldi.
Har bir duragay bo’yicha tajriba va qiyoslovchi variantlar tuxumlaridan
namunalar olindi va inkubasiyaga qo’yildi. Tuxumlardan ochib chiqqan qurtlar
soniga qarab jonlanish foizi topildi. Variantlar bo’yicha qurtlar boqilib lichinka
bosqichdagi hayotchanlik aniqlandi. Kapalaklarning dastlabki sutkada qo’ygan
tuxumlari mavjud texnologiyada tayyorlangan
tuxumlarga nisbatan avvalo
jonlanish foizining yuqori bo’lishi bilan farqlanadi. Tajriba variantida
tayyorlangan tuxumlardan chiqqan qurtlar miqdori qiyoslovchi vraiantga
nisbatan Tetragibrid-3 duragayida 3,5%, Andijon-3 duragayida 4,5%, Andijon-4
duragayida 4,3% ko’proq bo’ldi.
To’plangan ma’lumotlar kapalaklarning bir sutka davomida qo’ygan
tuxumlaridan chiqqan qurtlar foizi va ularning hayotchanligi ham ancha yuqori
bo’lishi, oqibatda har qutidan olinadigan pilla hosilini ko’payishini ta’minlaydi.
Tajriba va qiyoslovchi variantlarda tayyorlangan
tuxumlardan chiqqan qurtlar
o’ragan pillalarning mahsuldorlik belgilari ham atroflicha o’rganildi. Buning
uchun har bir duragay bo’yicha tajriba va qiyoslovchi variantlarda qurtlar bir xil
gigrotermik va oziqlantirish sharoitida boqildi. So’ngra yetishtirilgan pillalardan
namunalar olinib, pillaning o’rtacha vazni va ipakchilik belgilari aniqlandi.
Urg’ochi kapalaklarning dastlabki sutkada qo’ygan tuxumlarini ajratib olish
usuli faqat pilla hosilini ko’paytirib qolmay, ulardagi ipak miqdorini ham
oshishiga olib keldi. Bir sutka davomida qo’yilgan tuxumlar jonlantirilib, ulardan
chiqqan qurtlar ipak qobig’i vazni ancha og’ir pillalar o’radiki, har quti hisobidan
ipak hosildorligi tajriba variantida 22,4-23,7 kg bo’lib, qiyoslovchi variantiga
nisbatan 29,5-33,9% ga ko’proq bo’ldi. qurtlarni boqish
va parvarishlashda bir
xil mehnat va ozuqa sarflangan bo’lishiga qaramay tajriba variantida qiyoslovchi
171
variantga nisbatan har quti hisobidan Tetragibrid-3 duragayi bo’yicha 5,4 kg,
Andijon-3 duragayi bo’yicha 6,0 kg, Andijon –4 duragayi bo’yicha 5,2 kg
ko’proq ipak olish mumkinligi ma’lum bo’ldi.
Otalangan kapalaklarning ikkinchi va undan keyingi sutkalarda qo’ygan
tuxumlariga nisbatan dastlabki 24 sutka davomida qo’yilgan tuxumlar nasldorlik
va mahsuldorlik imkoniyatlari ancha yuqori bo’lishi yaqqol namoyon bo’ldi. Bu
qonuniyatning nazariy asosi shundaki, ipak qurti tuxumdoni sakkizta tuxum
naychalaridan iborat. Ularning hosil bo’lishi va rivojlanishi lichinkaning birinchi
yoshidan boshlanadi. qurtning IV va V yoshiga kelib, tuxum
naychalari uzayib,
lichincha, g’umbak tanasi ko’p qismga tarqaladi. Ushbu naychalarda dastlabki
hosil bo’lgan tuxum xujayralar rivojlanishda ancha ilgarilab ketsa, naychalarning
oxiridagi hujayralar rivoji ancha orqada bo’ladi. Otalangan kapalaklar dastlabki
sutkada qo’ygan tuxumlari xuddi shu rivojlanishda ancha oldinda bo’lgan tuxum
hujayralardan hosil bo’lgan. Keyingi sutkalarda qo’yilgan tuxumlar (soni) esa
naychalarning eng oxirida, ya’ni rivojlanishda
orqada qolgan tuxum
hujayralardan tashkil topgan bo’ladi. Tuxum hujayra o’zining o’sishi va
rivojlanish jarayonida ming marta kattalashadi. Bu jarayonda tuxum naychalarida
joylashgan tuxumlarning rivoji baravariga yoki bir tekis amalga oshmaydi.
Shunday qilib, g’umbak va kapalak tanasida tuxumlar bir tekis
rivojlanmaydi. Rivojlanishda ilgarilangan tuxum hujayralar naychaning tuxum
qo’yish a’zosiga yaqin qismida joylashgan bo’ladi. Dastlabki sutkada qo’yilgan
tuxumlar xuddi shu tuxum hujayradan rivojlangan.
Otalangan kapalaklarning dastlabki 24 soat davomida qo’ygan tuxumlarini
ajratib olish usuli urug’chilik korxonalarda tayyorlanayotgan ipak qurti tuxumlari
sifati va ularning mahsuldorligini oshirishning samarali usuli bo’lib,
uni ipak
qurti tuxumlarini tayyorlash texnologiyasiga kiritish maqsadga muvofiqdir.