169
Dastlab qadimgi tadqiqotchilar pillaning ipakli qobig’ini teshib, undan paxta
olish, uni tirikchilik ishlarida ishlatish mumkin, deb o’ylagan bo’lsalar kerak.
Lekin quruq pillani teshish qiyin bo’lganidan ular pillani oldin ivitib, so’ngra
suvda qaynatgan, shundan keyingina pilladan ancha miqdorda ipak paxta olish,
undan ip yigirish, ipdan gazlama to’qish mumkin bo’lgan. Bunday gazlama juda
pishiq hamda chiroyli bo’lgan. Hozir ham ba’zi yovvoyi ipak qurtlarning,
shuningdek, tut ipak qurtining ipagi sug’urilmaydigan pillalari qaynatilib, ulardan
avval ipak paxta, so’ngra uni yigirib ip hosil qilinadi. Bu ipdan esa gazlamalar
to’qiladi. Letalli oilalarni aniqlash usulini tekshirish maqsadida me’yoridagi
urg’ochi kapalaklarni otalik shakllari 5kR dozada nurlantirilgan erkak kapalaklar
bilan chatishtirishdan olingan 400 dona tuxum quymasi tayyorlandi.