173
kapalaklar butunligicha xovonchada yaxshilab tuyib eziladi. Keyin maydalangan
massaga
10sm
3
suv
qo’shilib,
hosil
bo’lgan
bo’tqa
obdon
qorishtiriladi.Xovonchalardagi bo’tqa voronka og’ziga ho’llab qo’yilgan surp
orqali o’tkazilib, filtrlanadi va boshqa xovoncha yoki probirkaga qo’yilib,
mikrotahlil qilish uchun topshiriladi.
Tuxumlarni mikrotahlil qilish.
Suyuqlik bir vaqtning o’zida ham
mikroskopist, xam nazoratchi tomonidan mikrotahlil qilinadi.
Har qaysisi o’z preparatini 600-900 baravar kattalashtirib ko’rsatadigan
mikroskop orqali kamida 10-nazar doirasida ko’zdan kechiradi.
Kasallik
alomatlari borligi aniqlansa, ular brakka chiqarilib,
yoqib
tashlanadi. Kasalliklardan holi deb topilgan suyuqlik sentrifuga qilish uchun
nazoratchiga uzatiladi.
Nazoratchi-sentrifugist 6-9 ta xovoncha-probirkadagi
suyuqlikni bitta
sentrifuga probirkalariga quyadi-da, har qaysi
xovoncha-probirka tagida oz-
ozdan suyuqlik qoldiradi.
U bir-biriga qo’shib yuborilgan suyuqlikni 5-6 minut mobaynida
aylantirgandan so’ng sentrifuga
probirkasiga suyuqlikni quyib, tagida qolgan
quyqumni 600-900 barobar kattalashtirib ko’rsatadigan
mikroskop yordamida
10-nazar doirasida ko’zdan kechiradi.
Agar kasallik alomatini payqab qolsa, mikroskopist va nazoratchi xovoncha-
probirka tagida qoldirilgan suyuqlikni qaytadan mikroanaliz qilib,
kasallik
mavjudligiga aniq ishonch xosil qilgach, kasallangan
preparatni yoqib
tashlaydilar.