172
Urg’ochi kapalaklar otalantirilgandan so’ng izolyasiya xaltachalariga bittadan
joylashtirildi. Bir sutka o’tgach, kapalaklar boshqa xaltachalarga o’tkazildi. Bir
sutka davomida qo’yilgan tuxumlar soni, vazni hamda bir dona tuxumning
o’rtacha vazni aniqlandi. Asaka urug’chilik zavodida mavjud texnologiya ya’ni
kapalaklarni izolyasiya xaltachalarida doimo saqlash qiyoslovchi variant
vazifasini o’tadi.
Kapalaklar kamida ikki soat davomida chatishtirilishi lozim. Erkak
kapalaklardan ikkinchi marta foydalanilganda esa chatishtirish kamida uch soat
davom etishi kerak.
Papilonaj boshlanganidan to 1 sentyabrga qadar papilonaj xonalarining va
tuxum saqlanadigan xonalarning xarorati +24 ±2
0
S, havoning namlik darajasi -
60-75 foiz bo’lishi kerak.
Sentyabr oyida tuxum saqlanadigan xonalar xamda tuxum bilan
ishlanadigan boshqa binolarning harorati 25-20
0
S atrofida bo’lib, oyning
oxirigacha asta-sekin pasaya borishi lozim va oktyabr oyida 22-17
0
S, noyabr
oyida 17-12
0
S, havoning namlik miqdori 60-70 foiz bo’lishi zarur
Tuxumlarni saqlash xonalari. Tuxumlarni saralash.
Izolyasiya
xaltachalariga joylashtirilgan kapalaklar qo’ygan barcha qurt tuxumlarining
to’laqonliligi ularni saralash yo’li bilan tekshirib ko’riladi.
Kapalaklar izolyasiya xaltachalariga joylashtirilgandan keyin kamida 15 kun
o’tgach, qo’yilgan tuxumlarni saralashga kirishmoq lozim.
Saralash paytida quyidagi nuqsonlari bo’lgan barcha qurt tuxumlari
ajratiladi va yo’q qilinadi:
A) to’la va qisman jonlana boshlagan tuxumlar;
B) kapalagi bo’lmagan yoki kapalagi kukunga aylangan;
V) otalanmagan va qurib qolgan tuxumlar.