185
K.Linney yashagan davrdan boshlab o’simliklar nomini ham,
hayvonlar
nomini ham binar nomenklatura bilan, ya’ni ikki suzdan tashkil topgan kushnom
bilan aytish odat bo’lgan.
Binar nomenklaturadagi qo’shnomning birinchisi o’simlik-ning kaysi
avlodga mansubligi, ikkinchisi esa qaysi turga mansub ekanligini ko’rsatadi.
Masalan: Oq tut Morus alba.
Bundan tashqari, har bir o’simlik qo’shnomining
oxiriga shu turni birinchi bo’lib aniklagan va ta’riflagan, muallif familiyasining
bosh harfi yoki familiyasi qisqartirib yozib qo’yiladi.
Masalan: Morus alba Linn., M. bombucis Koidr., M. multicaulis Perr. Lekin
o’simlik turlarining maxalliy nomla-rini e’tibordan chetda qoldirmay ularni ham
qo’llash lozim. Ularni bilish amaliy va nazariy jihatdan katta ahamiyatga ega.
Maxalliy nomlar faoliyati o’simliklar bilan bevosita yoki qisman bog’langan
agranomlar, bog’bonlar, botaniklar,
vrachlar, biolog o’qituvchilarning ishlarida
katta yordam beradi.