Bog'liq Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari
Ipak qurtining zamburug’ kasalliklari. Ipak qurtining aspergillyoz va oq muskardina kasalliklari. Hasharotlarda bu kasallikning qo’zg’atuvchisi
Aspergillus gill us zamburug’i bo’lib, boshqa hasharotlarda kasallik tug’dirishi
bilan bir qatorda tut ipak qurtida ham parazitlik qilib katta zarar keltiradi.
V.Ye.Xoxlachevaning ma’lumotlariga qaraganda, ipak qurti barcha
rivojlanish davrlarida aspergil avlodining quyidagi vakillari ko’proq uchrashini
ma’lum qiladi, ular jumladan
Aspergillus flavus, Aspergillusorazae, Aspergillus mellus lukana, Aspergillus tamari kabi zamburug’laridir.
Aspergillyoz kasalligi bilan kasallangan qurtning ishta-xasi yo’qoladi, 3-5
kundan keyin o’sishdan qoladi, tanasi sog’lom qurtlarga nisbatan ancha
kichiklashib, po’st tashlash jarayoni ancha cho’zilib, o’limga olib keladi.
Kasallikning belgilari bamisoli oq muskardinaga o’xshash bo’ladi. Qurtxonaning
namligi yuqori bo’lganligi tufayli mumlashib qolgan o’lik qurtlar ustida
zamburug’ning oldin oq miseliysi, asta sekin esa unda sporalar yetilib, har xil
rangdagi mog’orlarni hosil qiladi, bu ranglar zamburug’ning turlariga bog’liq
bo’ladi. Ayrim hollarda kasal-langan qurtlar pilla o’raydi, o’ragan pillalari yupqa
po’choqli bo’lib, nobop pillalarni hosil qiladi. Kasallangan g’umbak-larning
sigment oraliqlarida zamburug’ning miseliysi o’sadi.
Xoxlachevaning ma’lumotlari bo’yicha aspergil avlodining 24 ta turga
mansub zamburug’ ipak qurtining tuxumlarini kuchli zararlashi aniqlangan.
Ularning ichida eng patogenlaridan
Aspergillus-kersicolor va
Aspergillus
158
niger ekanligi aniqlangan.
Xullas Aspergillyoz kasalligi bilan kasallangan qurtlar tanasida zamburug’
hosil qilgan toksin moddalar ta’siri hisobiga zaharlanib o’ladi, bu toksin o’ta kuchli
modda bo’lib, hatto issiqqonli hayvonlarni ham o’ldiradi.