-rasm. Sariq kasalligi bilan kasallangan ipak qurtlari: 1-segment




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

54-rasm. Sariq kasalligi bilan kasallangan ipak qurtlari: 1-segment 
oraliqlarining shishishi; 2-sariq kasalligi natijasida ipak qurtining “semirishi” 
 


156 
Kasallangan qurtlar ipak chiqarib tursada “semirgan”ligi natijasida pilla o’ray 
olmaydi, chunki tanasi egila olmaydi. Agarda kasallik uncha kuchli bo’lmasa, 
bunday qurtlar pilla o’rab ulguradi yoki o’rab ulgurmasdan o’ladi. Pilla ichidagi 
o’ligi chirib undan sariq yoki qo’ng’ir kul rangdagi suyuqlik chiqib pilla qobig’ida 
dog’larni hosil qiladi. 
Viruslar eng avval qurtning gemolimfasini zararlab, keyin yog’ tanachalariga 
o’tadi va qurtning barcha to’qimalarini zararlaydi, bundan tashqari jinsiy bez 
to’qimalari, malpigiyev naychalari devorlarida, muskul to’qimalarda, so’lak va 
ipak bezlarida ham viruslarni uchratish mumkin
Sariq kasalligining diagnostikasi va epizootologiyasi. Sariq kasalligining 
aniq xarakterli, o’ziga xos alomatlari bo’lganligi tufayli kasallikga diagnoz qo’yish 
qiyin emas. Faqatgina yosh qurtlarda kasallik belgilarini aniqlash ancha-gina 
qiyinchilik tug’diradi. Shunga qaramasdan yosh qurtlar po’st tashlash davrida 
ayrim belgilar katta yoshdagi kasallik belgilariga o’xshash bo’ladi. Ipak qurtining 
uchinchi yoshidayoq ayrim qurtlarda sarg’ish ranglarni ham uchrtatish mumkin. 
Sariq kasalligi bilan kasallangan qurtlarni gemolimfasi loyqa bo’lishi, sarig’ 
yoki sut rangda bo’lishi sariq kasalligi-ning asosiy belgilaridan biridir. 
Sariq kasalligini qo’zg’atuvchi viruslarning boshqa virus-lardan farqi 
shundaki, ularni oddiy mikroskopda 600 marta kattalashtirilib kuzatilsa 
poliedrlarning kristallsimon tanachalarini ko’rish mumkin, ammo boshqa viruslarni 
oddiy mikroskopda kuzatib bo’lmaydi. 
Tut ipak qurtining sariq kasalligini epizootologiyasi, ya’ni ommaviy 
tarqalishida asosiy manba kasallangan ipak qurtining o’zi hisoblanadi, bundan 
tashqari kasallikni yuqtiruvchi kapalak tuxumlari ham bo’lishi mumkin. 
Yuqoridagi ko’rsatilganlardan tashqari infeksiyaning om-maviy tarqalishining 
yana bir sabablaridan biri qurtxonadagi qurtlarning o’ta qalinligidir, ular qancha 
qalin bo’lsa po’st tashlash davrida shuncha ko’p teri qatlami shikastlanadi va 
kasallikning osongina qurt tanasiga o’tishiga qulaylik tug’iladi. 
Ipak qurtining qurtlik davri asosiy rivojlanish stadiya-laridan biridir, 
kapalaklarga nisbatan viruslar qurtlarda, kapalak tuxumlarida va g’umbaklarida 


157 
ko’proq uchraydi. 
Sariq kasalligining epizootiy bo’lishidagi sabablardan yana biri qo’shni 
qurtxonalarda kasallikning tarqalishidir. Bundan tashqari, yadro poliedrozi bilan 
kasallangan boshqa tanga qanotlilar, ko’plab virus infeksiyalarining o’chog’i 
hisoblanadi. 
Viruslar tashqi muhitda yaxshi saqlanadi, chunki ular tashqi muhitning fizik 
faktorlariga ancha chidamli, shuning uchun ham kasallikning tarqalishida asosiy 
manba kasallik tarqalgan qurtxona yoki qo’shni zveno qurtxonalar, oldingi yillar 
kasallik tarqalgan maydonlar, qurtxona va xo’jaliklar bo’lishi mumkin. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Sariq kasalligi bilan kasallangan ipak qurtlari: 1-segment

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish